AJ "O`zmilliybank" konsalting kompaniyalari o`rtasida tanlov e`lon qiladi
"O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ 2020 yil uchun Bank filiallarida xizmat ko`rsatish sifatini “Sirli mijoz” yo`li bilan o’rganish bo’yicha konsalting xizmatlarini sotib olish tanlovini e`lon qiladi.
Batafsil ma`lumotlar tanlov xujjatida ko`rsatilgan. Xaridning yuqori narxi: 350 000 000 so`m, QQS bilan.
Tijorat takliflarini yuborish uchun manzil:
100047, O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko`chasi, 101-uy.
AJ "O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" Bank tarmoqlari va servisni rivojlantirish departamenti.
Tijorat takliflarini qabul qilish 2020 yil 10 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 gacha amalga oshiriladi.
Qo`shimcha ma`lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: 78 147 15 23, 78 150-74-60.
Aloqada bo`luvchi shaxs: Hamroyev Muxriddin Mahmud o’g’li, MHamroev@nbu.uz.