iBank
iBank – onlayn hisobni boshqarish uchun yangi zamonaviy Internet-banking. Internet tarmog'iga ulangan kompyuter va elektron kalit talab etiladi

iBank imkoniyatlari

Mijozning moliyaviy tizimi bilan qulay integratsiya
Internet-bank buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish maqsadida "1S: Buxgalteriya" va SAP tizimlari bilan integratsiyalashtirilgan bo‘lib, to‘lov topshiriqnomalarini import qilish va bank ko‘chirmalarini eksport qilish imkoniyatini beradi

Ish haqi loyihasi
Bizning internet-bankimiz ish haqi loyihasini to‘liq boshqarish imkoniyatini beradi: xodimlar ma’lumotnomalarini yuritish, bank kartalarini rasmiylashtirish, reyestrlar tuzish, o‘tkazma hisobvaraqlarni ochish va boshqa ko‘plab ishlarni - bir joyda amalga oshirish mumkin

Onlayn akkreditiv
Akkreditivni rasmiylashtirish uchun onlayn ariza berish imkoniyati

GPI Tracker - valyuta to'lovlari harakatini kuzatib borish
GPI Tracker xizmati NBUdan jo‘natilgandan so‘ng SWIFT tizimi orqali amalga oshirilgan valyuta o‘tkazmalarining holatini real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyatini taqdim etadi
Sho‘ba korxonalarni nazorat qilish
Multiklient bir nechta biznes egalari uchun moliyaviy mablag‘larni markazlashtiradi, ularni yagona ekotizimga birlashtiradi hamda bitta hisob orqali boshqarish va vazifalarga tayinlash imkonini beradi
Aqilli Dashboard
Asosiy ekranda aylanmalar, qoldiqlar, tushumlar va hisobdan chiqarishlarning tezkor tahlili, kredit va valyuta kursi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, bankning onlayn xabarnomalarini ko‘rish imkoniyati mavjud
iBank afzalliklari
iBank bilan texnik yordam
Agar liniyada kutish imkoniyatingiz bo‘lmasa, internet-banking orqali Aloqa markaziga murojaat qilishingiz yoki o‘zingizga qulay vaqtda qayta qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘rashingiz mumkin

Bankka xabarlar yuborish
Bank xodimlari bilan bog'lanish yanada osonlashdi: IBank orqali filial yoki bosh ofis xodimlariga murojaatlaringizni yuboring
