Faktoring
Faktoringni taqdim etish shartlari
Moliyalashtirish obyekti | Yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasida belgilangan tartibda Davlat soliq inspeksiyasi ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va to‘lovni kechiktirish va pul mablag‘larini talab qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishni nazarda tutuvchi shartnoma |
Moliyalashtirish miqdori | Oldindan olingan summalar bundan mustasno, shartnoma summasidan oshmaydigan miqdor |
Bir martalik komissiya miqdori | Bank tariflariga ko'ra |
Moliyalashtirish valyutasi | So'm |
Moliyalashtirish muddati | 90 kundan ko‘p bo‘lmagan |
Xalqaro faktoringni taqdim etish shartlari
Moliyalashtirish obyekti | Yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasida tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda to‘lovni kechiktirish va pul mablag‘larini talab qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishni nazarda tutuvchi eksport shartnomasi |
Moliyalashtirish miqdori | Oldindan olingan summalar bundan mustasno, eksport shartnomasi summasidan oshmaydigan summa |
Bir martalik komissiya miqdori | Bir chorak (90 kun) muddatga bankning o‘z mablag‘lari hisobidan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 30 foizi |
Moliyalashtirish valyutasi | Eksport shartnomasi valyutasi |
Moliyalashtirish muddati | 180 kundan ortiq emas |
Batafsil shartlar:
Mahalliy faktoring
Miqdori: Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan, Xaridor tomonidan qabul qilingan to'lov talabnomasi miqdorida;
Muddati: 90 kungacha;
Bir martalik komissiya miqdori: 15 kungacha - 1,3%; 16-30 kun - 2,3%; 31-45 kun - 3,3%; 46-60 kun - 4,3%; 61-75 kun - 5,3%; 76-90 kun - 6,3%;
Alohida shartlar: Bank Kredit siyosati va boshqa ichki me'yoriy hujjatlar talabidan kelib chiqib belgilanadigan boshqa shartlar
Ma’lumot uchun: Faktoring xizmatlari Xaridor (an’anaviy faktoringda Yetkazib beruvchi)ning moliyaviy holati va oxirgi 12 oylik sof tushumlaridan kelib chiqib belgilanadigan limit doirasida ko‘rsatiladi
Xalqaro faktoring
Miqdori: Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan, Xaridor tomonidan qabul qilingan invoys miqdorida;
Muddati: 180 kungacha;
Bir martalik komissiya miqdori: Har bir 90 kun uchun xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar uchun amalda bo'lgan foiz stavkasining 30% miqdorida (Masalan, xorijiy valyuitadagi kreditlar uchun foiz stavkasi 10% bo'lsa, ushbu valyutadagi faktoring xizmatlari uchun komissiya 3% etib belgilanadi);
Alohida shartlar: Bank Kredit siyosati va boshqa ichki me'yoriy hujjatlar talabidan kelib chiqib belgilanadigan boshqa shartlar.
Ma'lumot uchun: Faktoring xizmatlari Xaridor (an'anaviy faktoringda Yetkazib beruvchi)ning moliyaviy holati va oxirgi 12 oylik sof tushumlaridan kelib chiqib belgilanadigan limit doirasida ko'rsatiladi
Faktoringni taqdim etish uchun zarur hujjatlar
Debitor uchun zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxati |
|
Taqdim etuvchi uchun zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxati |
|
Xalqaro faktoringni taqdim etish uchun zarur hujjatlar
Kerakli hujjatlar ro'yxati |
|
Maxsus shartlar | Ba'zi hollarda, agar Taqdim etuvchi korporativ mijoz bo'lsa va likvidli garovni taqdim etsa, Milliy bank xorijiy bankning bank kafolati/akkreditivini talab qilmasdan xalqaro faktoringni taqdim etishni ko'rib chiqishi mumkin |