Imtiyozli ta’lim krediti
Oliy va professional ta'lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta'lim krediti

Yillik 13.5%
Kredit stavkasi

162 oygacha
Kredit muddati

Imtiyozli davr
O'qish muddati+6 oy
Kredit miqdorini hisoblang
Stavka
Oylik to'kilish
Kredit summasi

Oy | Oylik to'kilish | Foizlar | Asosiy qarz | Qoldiq |
---|
Kredit muddati | O’qish davridan kelib chiqqan holda 162 oygacha, imtiyozli davr o‘qish muddati + 6 oy |
Kredit summasi | Oliy ta'lim tashkilotlarining birinchi kurs talabalri va a professional ta'lim tashkilotlaridagi o'quvchilari uchun to'lov-kontraktda belgilangan summa Oliy ta'lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o'zlashtirishning o'rtacha ko'rsatkichi 3 bahodan past bo'lsa to'lov summasining 20% talaba tomonidan to'langandan so'ng ko'pi bilan 80% miqdorda ajratiladi (Ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oila farzandlari bundan mustasno) |
Foiz stavkasi | Markaziy bankning amaldagi asosiy stavkasi miqdorida. Agarda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi Ayollarga - yillik 14% - toʼlov-kontrakt asosida oʼquvchi ayollar uchun. Kredit boʼyicha hisoblangan foizlar Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditlarini moliyalashtirish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan toʼlanadi Kredit bo'yicha foizlar kredit berilgan paytdan boshlab hisoblab chiqiladi va to'lanadi |
Ta’minot | Krеdit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlari taqdim etilishi mumkin:
|
Kredit oluvchining pasporti yoki ID kartasi
Talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi
«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma («Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan oila farzandlari uchun)
Krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar. «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlariga imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilishida ta`minot talab etilmaydi
2024/2025 o'quv yilidan boshlab Oliy va professional ta'lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta'lim krediti faqat kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan talaba va o'quvchilarga Iqtisodiyot va moliya vazirligining «Ta'lim krediti» axborot tizimi (ta'lim-krediti.mf.uz) orqali bankka kelib tushgan arizalar orqali ajratiladi
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan talabalarga asosiy qarzi talabaning rasmiy o’qish muddati tugagandan so’ng, 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytarish sharti bilan beriladi
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ta'lim krediti ajratilmaydi
Kredit qanday rasmiylashtiriladi?
Kredit miqdorini veb-saytda hisoblang
Kerakli hujjatlarni tayyorlang
Bank ofisiga tashrif buyuring va kredit oling

Shaffof sharoitlar
Yashirin to'lovlar va muddatidan oldin to'lash uchun jarimalar yo'q. Siz barcha shartlarni oldindan bilasiz

Mijozlarni qo'llab-quvvatlash
Bizning qo'llab-quvvatlash guruhimiz sizning barcha savollaringizga javob berishga tayyor