Mastercard World Elite

Eng talabchan mijozlar uchun butun dunyo bo‘ylab cheksiz imkoniyatlar

Sayohatdagi imtiyozlar

Biznes-zallarga kirish, Fast Track va rouming bepul

Bepul sug'urta

Butun oila uchun tibbiy sayohat sug'urtasi

Hamkorlardan chegirmalar

Restoranlar, shopping, go‘zallik, sport va sayohat

NBUdan Mastercard World Elite - eng talabchan mijozlar uchun noyob imtiyozlar

Bonusli millar

Mastercard World Elite kartasi bilan butun dunyo bo‘ylab xaridlar qiling va bonusli millarni qo‘lga kiriting. Millar faqat dastur shartlariga rioya qilgan holda faollashtirilgan kartalar bo‘yicha hisoblanadi. Hisoblash har 4 USD uchun 1 bonus mil hisobidan amalga oshiriladi. Milliy valyutadagi (UZS) operatsiyalar uchun operatsiya sanasidagi NBU’ning sotish kursi bo‘yicha ekvivalent qo‘llaniladi. 

To‘plangan millarni aviachiptalarga yoki UzAirPlus sodiqlik dasturi doirasida xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘tarishga almashtirish mumkin.

 Xizmatni qanday ulash mumkin:

  1. Milliy mobil ilovasini oching

  2. Mastercard World Elite kartasi bo‘limiga kiring

  3. "Bonuslarni faollashtirish" tugmasini bosing

  4. Abonent to‘lovi yechib olinganini tasdiqlang

 Ulanishdan so‘ng millar avtomatik ravishda hisoblanadi va UzAirPlus tizimiga o‘tkaziladi.

 

Imtiyozlar
Tariflar va shartlar

Biznes zallariga bepul kirish

  • Lounge Key dasturi orqali butun dunyo aeroportlaridagi 1600 ta biznes-zallarga, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportidagi Mastercard biznes-zaliga imtiyozli kirish huquqi

  • Mastercard World Elite kartasi bilan sizga cheksiz tashriflar taqdim etiladi

Bepul Fast Track o‘tishlari

  • Xalqaro aeroportlarda xavfsizlik nazoratidan o‘tish afzalligi

  • Mastercard World Elite kartasi bilan sizga cheksiz o‘tishlar taqdim etiladi

Sayohat paytida sug'urta

Butun oilani sug'urtalash:

  • eri yoki xotini uchun - sug'urta limiti doirasida 1,5 mln USD gacha xavflarni 100% qoplash

  • bolalar, ota-onalar, enagalar va yordamchilar uchun - sug'urta limitlari doirasida xavflarni 25% qoplash

Roumingda bepul internet

  • NBU MasterCard World Elite egalari uchun bepul 3 GB va keyingi traffik paketlariga 15% chegirma

  • Flexiroam ilovasida e-SIM orqali kirishni sozlang

Mastercard hamkorlaridan maxsus taklif

  • Qayerda bo'lishingizdan qat'i nazar, kartangiz yordamida Mastercard hamkorlarida hisob-kitob qilib, eksklyuziv takliflar, chegirmalar va aksiyalardan bahramand bo'ling.

  • Eksklyuziv takliflar va sayohat yoki xaridlar paytida keshbek takliflari bilan tanishib chiqish uchun havola orqali o'ting.

Toshkent xalqaro aeroportidagi Mastercard biznes zalidan qanday foydalanish mumkin?

Foydalanish huquqini olish uchun  O'zbekiston milliy banki Mastercard World Elite imtiyozli kartasini ko‘rsating Joylashuv: Toshkent xalqaro aeroporti 2-terminalining uchib ketish hududidagi "Anjir" biznes zalining 2-qavati.

Lounge Key biznes zallariga qanday kirish mumkin?

Hisobni ro'yxatdan o'tkazish uchun havola bo‘yicha o‘ting. Android / iOS uchun LoungeKey mobil ilovasi

Fast Track xizmatidan qanday foydalanish mumkin?

Siz Fast Track-ni travelexperiences.mastercard.com va Mastercard Travel Experiences ilovasida ( Android / iOS). bron qilishingiz mumkin

Sayohat uchun tibbiy sug'urtani qanday rasmiylashtirish mumkin?

Sug'urtani rasmiylashtirish uchun havola orqali o‘ting.

Roumingda internetga 3 Gbni qanday olish mumkin?

Flexiroam ilovasidagi e-SIM orqali kirish mumkin. Android/ iOS uchun Flexiroam mobil ilovasi


Xizmat ko‘rsatish shartlari

Barcha xizmatlar narxiga QQS kiritilgan

Kartani chiqarish (emissiyasi)

a) "O‘zmilliybank" AJda ish haqi loyihasi doirasida xizmat ko‘rsatiladigan korxona/tashkilotlarning rezident va norezident xodimlariga

1 000 000 so'm

b) norezidentlarga

2 000 000 so'm

Karta valyutasi

USD / UZS

Kamaytirilmaydigan qoldiq va dastlabki to'lov

$50 / 500 000 so'm

Asosiy va/yoki qo'shimcha kartani qayta chiqarish*

100 000 so'm

Karta muddati

5 yil

Boshqa banklarning terminallari yoki bankomatlaridan naqd pul yechish**

Operatsiya summasining 1%

Tovarlar va xizmatlarni to'lashda komissiya**

0%

* mijozning to'liq ismi o'zgargan, karta yo'qolgan/yaroqsiz bo‘lgan, parol yo'qolgan, firibgarlik xatti-harakatlari sodir etilganlikda gumon qilingan taqdirda, shuningdek mijoz uni bankka qaytarib bermagan taqdirda, shu jumladan, maxsus karta hisobvarag'ini yopish uchun ariza berilganda

** Mastercard bank kartalari bo‘yicha karta valyutasi tranzaksiya valyutasidan farq qilganda, 2% miqdordagi summa vaqtinchalik bloklanadi

Ulanish narxi

  • 5 USD - USD valyutasidagi kartalar uchun

  • 50 000 UZS - UZS valyutasidagi kartalar uchun

Abonent to‘lovi xizmatni ulashda bir yoki bir necha oyga (12 oygacha) to‘lanishi mumkin.

Maxsus faollashtirish shartlari:

  • agar xizmat oyning oxirgi kunida soat 00:00 gacha faollashtirilsa, barcha to‘plangan ballar joriy oyda qayta ishlashga o‘tkaziladi;

  • agar xizmat soat 00:00 dan keyin, ya’ni keyingi oyning birinchi kunida faollashtirilsa, abonent to‘lovi keyingi oy uchun hisobdan chiqariladi;

  • agar xizmat faqat bir oyga faollashtirilgan bo‘lsa, mijoz xizmat muddati tugaganidan keyin uni qayta faollashtirishi kerak.

Mil hisoblanmaydigan operatsiyalar

Ro‘yxat

Kartani qanday rasmiylashtirish mumkin?

1
Milliy ilovasini yuklab oling
2
Onlayn ariza qoldiring
3
Kartani eng yaqin bank ofisidan oling

Mastercard karta egalari uchun Garmin Pay kontaktsiz toʻlov xizmati

Endi Garmin Pay O‘zbekiston Milliy bankining Mastercard kartalari uchun erishimli. Bu demak, siz kontaktsiz to'lovlarni qabul qiladigan har qanday do'konlarda Garmin qurilmangiz orqali Milliy bank Mastercard kartalaringizdan kontaktsiz to'lovlar uchun foydalanishingiz mumkin

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU