Karta Visa Infinite

Qulaylik va imtiyozlarning yangi darajasi

Sayohatlardagi imtiyozlar

Biznes-zallarga kirish, Fast Track va rouming bepul

Bepul sug'urta

Butun oila uchun to'liq sayohat sug'urtasi

Hamkorlardan chegirmalar

Restoranlar, shopping, go‘zallik, sport va sayohat

Konsyerj xizmati 24/7

Kundalik masalalarda hamda ta'tilni tashkil qilishda yordam beradi

NBUning Visa Infinite kartasi - noyob imtiyozlar va xizmatlar to‘plamini o‘z ichiga olgan karta

Imtiyozlar
Tariflar va shartlar
Qayta chiqarish

Sayohatlar paytida to‘liq suhurtalash va xaridlarni himoya qilish

  • Yuqori sug'urta limiti - 2,5 mln USD gacha

  • Sayohat paytida butun oilani sug'urtalash

  • 50 dan ziyod sport turlarini sug'urtalash

  • Xaridlaringizni zarar yoki o'g'irlikdan sug'urtalash

24/7 Кonsyerj xizmati va virtual yordamchi

  • Konsyerj xizmati 24/7 rejimida butun dunyo bo'ylab turli xil xizmatlarni tashkil etish va olishda yordam beradi

  • Messenjerlardan biridagi Visa Concierge chat-boti kundalik muammolarni tez va oson hal qilish uchun Konsyerj xizmati bilan ulanish imkonini beradi

Barcha xizmatlar narxiga QQS kiritilgan

Kartani chiqarish (emissiyasi)

a) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash yoki ish joyi bo‘lgan rezidentlarga va norezidentlarga

2 500 000 so'm

b) doimiy yashash joyi bo'lmagan norezidentlarga

5 000 000 so'm

Karta valyutasi

USD / UZS

Kamaytirilmaydigan qoldiq va dastlabki to'lov

$200/1 600 000 so'm

Asosiy va/yoki qo'shimcha kartani qayta chiqarish*

100 000 so'm

Boshqa banklarning terminallari yoki bankomatlaridan naqd pul yechish

Operatsiya summasining 1%

Tovarlar va xizmatlarni to'lashda komissiya

0%

Imtiyozlarni qo‘lga kiritish shartlari

35 kun ichida (oxirgi 5 kun hisobga olinmaydi) jami 6 million so‘mlik (yoki boshqa valyutadagi ekvivalenti) xarid qilish lozim.

Imtiyozlar:

  • Visa Airport Companion orqali DragonPass biznes lounjlaridan foydalanish

  • Fast Track International xizmati

  • Dunyoning 127 mamlakatida bepul rouming

  • Toshkent aeroportida yukni o‘rash xizmati

  • Toshkent shahridagi CIP zalidan bepul foydalanish

  • Toshkent aeroportidan bepul transfer

  • Fast Track Toshkent xizmati

* mijozning to'liq ismi o'zgargan, karta yo'qolgan/yaroqsiz bo‘lgan, parol yo'qolgan, firibgarlik xatti-harakatlari sodir etilganlikda gumon qilingan taqdirda, shuningdek mijoz uni bankka qaytarib bermagan taqdirda, shu jumladan, maxsus karta hisobvarag'ini yopish uchun ariza berilganda

Kartangizni yo`qotdingiz, yoki amal qilish muddati tugadimi? Yangi karta olish uchun formani to`ldiring

Shaxsiy ma’lumot
Ariza berish sababini tanlang
Pasportning old tomoni va propiska sahifasini skanerdan o`tkazib biriktiring
Arizangiz qabul qilindi! Tez orada mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanadi
Arizangiz qabul qilinmadi. Iltimos, kiritilgan ma’lumotlarni tekshirib, qaytadan urinib ko‘ring

Visa karta egalari uchun Garmin Pay kontaktsiz toʻlov xizmati

Endi Garmin Pay O‘zbekiston Milliy bankining Visa kartalari uchun erishimli. Bu demak, siz kontaktsiz to'lovlarni qabul qiladigan har qanday do'konlarda Garmin qurilmangiz orqali Milliy bank Visa kartalaringizdan kontaktsiz to'lovlar uchun foydalanishingiz mumkin

Kartani qanday rasmiylashtirish mumkin?

1
Milliy ilovasini yuklab oling
2
Onlayn ariza qoldiring
3
Kartani eng yaqin bank ofisidan oling
NBU – dan Visa Infinite kartasi bo‘yicha imtiyozlarni olishning barcha shartlarini qanday bilib olish mumkin?

Imtiyozlar va xizmatlarni olish uchun batafsil shartlar VISA saytida havola orqali joylashtirilgan. Shuningdek, siz konsyerj xizmati orqali kerakli ma'lumotlarni aniqlab olishingiz mumkin.

Konsyerj xizmati bilan qanday bog‘lanish mumkin?

Messenjerlardan birida (Telegram, Viber, Whatsapp) Visa Concierge chat-boti dunyoning istalgan nuqtasidan 24/7 konsyerj xizmati bilan bog'lanish imkonini beradi.

Sug‘urta qachon amal qilishni boshlaydi?

Agar Siz quyidagilarni amalga oshirsangiz, chet elga sayohat qilishda sug'urtangiz avtomatik ravishda ishlay boshlaydi:

• Ikki tomonlama chiptalarni Visa premial kartasi bilan to‘lagan bo‘lsangiz.

• Sayohat boshlanishidan oldin Visa premial kartasi bilan turar joyni bron qilgan va to'lagan bo‘lsangiz

• Sayohat boshlanishidan oldin chiptalarni ham, turar joyni ham Visa premial kartasi bilan to'lagan bo‘lsangiz.

Doimiy yashab turgan mamlakatingiz bo'ylab sayohatlarda, agar siz sayohat boshlanishidan oldin uyingizdan kamida 100 km masofada kamida 2 kechaga Visa premial kartasi bilan turar joyni oldindan bron qilgan bo'lsangiz, sug'urtangiz avtomatik ravishda ishlay boshlaydi.

E'tibor bering, sug'urta ishlay boshlashi uchun transport va/yoki turar joy to'lovini Visa premial kartasi bilan to‘lash talab qilinadi (kartadagi ism chiptalardagi va/yoki turar joyni bron qilishdagi ismga mos kelishi kerak).

Toshkent shahri aeroportida yuklarni bepul o‘rash xizmatidan qanday foydalanishim mumkin?

Bagajingizni bepul o‘rash uchun uchun sizga quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:

• Tashkent International Airport-ning ikkinchi qavatidagi jo'nash joyida joylashgan bagajni o‘rash peshtaxtasiga borishingiz kerak, o‘rash punkti chap tomondagi kirish eshigi yonida, burchakda joylashgan.

• Xodimga Visa Infinite premial kartangizni taqdim etishingiz va xizmatdan foydalanmoqchi ekanligingizni bildirishingiz kerak.

• Taqdim etilgandan so'ng, karta tasdiqlash terminali yordamida bepul o‘rashlar soni mavjudligiga tekshiriladi.
Visa Infinite karta egalari uchun xizmat yiliga 6 marta erishimli.

Toshkent shahri aeroportida reysni kutish uchun CIP-zalga bepul kirish xizmatidan qanday foydalanish mumkin?

• Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportidagi CIP zalining peshtaxtasiga boring.

• Xodimga Visa Infinite premial kartangizni taqdim eting va xizmatdan foydalanmoqchi ekanligingizni bildiring.

• Taqdim etilgandan so'ng, karta tasdiqlash terminali yordamida bepul o‘tish mavjudligiga tekshiriladi. Agar karta faol bo'lsa va bepul o'tishlar mavjud bo'lsa, peshtaxtadagi xodim xizmatni bepul taqdim etadi.
Kalendar yili davomida Visa Infiinite premial kartalari egalari uchun xizmat yiliga 10 marta.

Diqqat! CIP-zalga bepul kirish imtiyozidan foydalanish uchun Visa Infinite kartalari egalari 35 (30+5) kun davomida umumiy 6 000 000 so‘mga (yoki ushbu summaning boshqa valyutadagi ekvivalentiga) xaridlarni amalga oshirishlari kerak


Xaridlar chet elda ham, O‘zbekiston hududida ham amalga oshirilishi mumkin (barcha Uzcard va Humo terminallarida).

Qanday qilib Toshkent shahri aeroportidan bepul transferga buyurtma berish mumkin?

• Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportning kelish terminalida joylashgan Taxi Airport Tashkent peshtaxtasiga boring.

• Xodimga Visa Infinite premial kartangizni taqdim eting va bepul transfer xizmatidan foydalanmoqchi ekanligingizni bildiring.

• Taqdim etilgandan so'ng, karta tasdiqlash terminali yordamida xizmat erishimliligiga tekshiriladi. Agar karta faol bo'lsa va bepul yurishlar mavjud bo'lsa, peshtaxtadagi xodim xizmatni bepul taqdim etadi. Agar mavjud bo'lmasa, u to'lovni amalga oshirishni taklif qiladi.

Shartlari:
Kalendar yili davomida Visa premial kartalari egalari uchun xizmat 6 marta erishimli bo'ladi.


Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU