Pul-kredit sohasida va Monetar siyosatning 2014 yildagi asosiy yo'nalishlarini so'zsiz bajarilishida O'zmilliybank salmoqli ulush qo'shdi
05.02.2015
2878
O'zbekiston bank tizimida olib borilayotgan izchil va maqsadli islohotlar, banklar faoliyatida muhim o'zgarishlarga erishishda, iqtisodiyotning real sektorini qo'llab quvvatlashda hamda bank va moliya xizmatlarini ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash imkonini bermoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Respublika bank tizimining asosiy bo'g'imlaridan biri bo'lib, hukumat hamda Markaziy bank tomonidan belgilangan vazifalar bankning maqsadli yo'nalishlarini belgilashda asos bo'lmoqda.
Davlatimiz tomonidan belgilangan Pul-kredit sohasida va Monetar siyosatning 2014 yildagi asosiy yo'nalishlarini so'zsiz bajarilishida O'zmilliybank salmoqli ulush qo'shdi. Xususan, Milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash, bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida 2014 yilda Bank kassalariga naqd pul tushumlari 3 trln 247,7 mlrd. so'mni tashkil etdi bu esa 2013 yilga nisbatan 266 mlrd.so'mga ko'proqdir.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Pul muomalasi departamenti yetakchi mutaxassisi Urinbayev Yorqin “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
– Plastik kartochkalar vositasida savdo terminnalari orqali amalga oshirilgan savdo aylanmalari 2013 yilga nisbatan 2014 yilda 30,8 % foizga oshib 2 772,0 mlrd.so'mni tashkil etdi. 162,1 mlrd.so'mlik aholi qo'lida bo'sh turgan naqd pul mablag'larini bank omonatlariga jalb qilindi, bu 2013 yilga nisbatan 23 % ko'proqdir. Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida 2015 yil 1 yanvar holatiga byudjet tashkilotlari, xo'jalik subyektlari ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlaridan, stipendiya, pensiya va nafaqa to'lovlaridan qarzdorlik to'liq va o'z vaqtida to'lab berildi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy banki tomonidan bank kassalariga naqd pul tushumlarini ko'paytirish bo'yicha barcha zaruriy choralar ko'rilmoqda.
Xususan, naqd pul tushumlariga ega mijozlarga ularning savdo aylanmalarini to'ldirish maqsadida kredit mablag'lari imtiyoli foizlar asosida, ya'ni Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 80% miqdorida taklif etilmoqda–.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy banki vakillarining qayd etishicha 2015 yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari Respublika xukumati va Markaziy bank tomonidan bank tizimi oldiga qo'yilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
UzReport