The power of trust

Background
Milliy Deposits
Explore more profitable deposits!
More details
Background
Student loan
Credit for full-time, evening, correspondence forms of education
More details
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

Hashar - elga yarashar

14.03.2020 2826

Ma'lumki xalqimiz ma'naviyatida, qadryatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.



Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma'naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e'zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.



Respublikamizda joriy yilning 14-15 mart kunlari xayriya hashari sifatida e'lon qilinishida ham katta ma'no bor. Ayni bahor kunlari mahallalarda, mehnat jamoalarida erta tongdan boshlab xayriya hasharlari tashkil etilib, unda xalqimizning barcha qatlami faol ishtirok etmoqda.



“O‘zmilliybank” AJda ham xayriya hashariga o‘zgacha hozirlik ko‘rildi. Mazkur tadbir bahona bank bosh binosi    filiallarining hududlarida obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash va daraxtlarni oqlash ishlari bajarildi.



E'tiborli tomoni shundaki, mazkur tadbirda bank xodimlari alohida namuna ko‘rsatib, bank binosining kirish yo‘laklari va ko‘cha hududlarida uyushqoqlik bilan xayriya hasharida qatnashdilar. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarga shakil berish ishlari sifatli tashkil etildi.

Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakillantirishi bilan ahamiyatlidir.


6
2



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 05/28/2023 12:29:46 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2023 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Opening hours of electronic applications
from 09:00 till 18:00 from Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz