Rеyting
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (Keyingi o‘rinlarda – O‘zmilliybank) o‘z faoliyatini 33 yil davomida amalga oshirib, O‘zbekistonning eng yirik va yetakchi bankiga aylandi. Bankimiz faoliyatining barqarorligi “S&P Global”, “Moody’s”, “Fitch Ratings” kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari reytinglari orqali o‘z tasdig‘ini topgan. Jumladan,
- “Moody’s” reyting agentligi 2025-yil 27-iyun sanasida O‘zmilliybankning kredit reytingini “Barqaror” istiqboli bilan “Ba3” darajasida tasdiqlagan;
- “S&P Global” reyting agentligi 2025-yil 30-may sanasida O‘zmilliybankning uzoq va qisqa muddatli kredit reytingini “Barqaror” istiqboli bilan “BB-/B” darajasida tasdiqlagan;
- “Fitch Ratings” reyting agentligi 2025-yil 30-iyun sanasida O‘zmilliybankning xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli emitentning defolt reytingini “Barqaror” istiqboli bilan “BB” darajasida tasdiqlangan.
Ta’kidlash joizki, O‘zmilliybankning yuqorida nomi keltirilgan xalqaro reyting agentliklari tomonidan olgan reytinglari O‘zbekiston Respublikasining ayni reyting agentliklari tomonidan berilgan suveren reyting baholari bilan bir hil darajadadir.