“O‘zmilliybank” AJ bankomat xarid qilish uchun tеndеr e’lon qiladi
“O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ “O‘zmilliybank” ehtiyojlari uchun milliy plastik kartalar orqali naqd pul echish uchun 100 dona bankomat xarid qilish uchun tеndеr e’lon qiladi.
Tanlovni o‘tkazish joyi va manzili: 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Теmur shohko‘chasi, 101- uy.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:
100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 101. Telefon: +99878 147-15-27, ichki: 17-70.
Aloqa qiluvchi shaxs – Mansurov Abduqahhor Raxmatjon o‘g‘li.
Tanlov taklifini qabul qilishning oxirgi sanasi 2020 yilning 30 oktyabr kuni.