«O‘zbekiston Respublikasi milliy banki» AJ ning investision jozibadorligi va amalga oshirilayotgan islohotlar doirasidagi rivojlanish istiqbollari
30.09.2021
999
Joriy yilning 30 sentyabr' kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” nomli xalqaro iqtisodiy forum doirasida, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” (“O‘zmilliybank”) Aksiyadorlik jamiyati bankning Rossiya bozoridagi investision jozibadorligi haqida taqdimot o‘tkazdi.
Rossiya rublida obligasiya chiqarish O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorining debyut va strategik jihatdan muhim instrumenti hisoblaniladi, chunki Rossiyaning obligasiya bozori MDH mamlakatlari ichida eng yirigi va rivojlangani bo‘lib, jozibador foizlarga ham ega.
Bizning bozorga Rossiya investorlari tomonidan bildirilgan yuqori darajadagi qiziqishni inobatga olgan holda, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan Rossiya rublida Moskva fond birjasida obligasiya joylashtirish orqali, resurlar jalb qilish, birinchi navbatda, moliyalashtirish manbalari diversifikasiyasini amalga oshirish hamda valyuta xatarlarini minimallashtirishga imkon beradi. Shu bilan birga, kredit resurslarining raqobatbardoshligi va jozibadorligi oshadi hamda ularning moliya bozorida, ayniqsa, Rossiyaning yirik yetkazib beruvchilarining eksport kontraktlari uchun, mavjudligi yuzaga keladi.
Obligasiya hisobiga jalb qilingan mablag‘larni muvafaqqiyatli o‘zlashtirish Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi o‘sishi uchun yangi impul's va keyingi rivojlanishga turtki bo‘ladi.
Jalb qilingan resurslar hisobiga iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat olib borayotgan ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik sub'ektlarining loyihalarini kengaytirish va modernizasiya qilishga sarflash mo‘ljallangan. Bu esa yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatni oshirish hamda mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda yevropalik sarmoyadorlardan tashqari, rossiyalik sarmoyadorlarning O‘zbekiston bozoriga faol qiziqishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida oqilona va diversifikasiyalangan siyosat olib borilmoqda.
Rubldagi obligasiyalarni chiqarishni tashkil etishda Rossiyaning “Gazprombank” (AJ), “Sovkombank” OAJ, “Rossel'xozbank” AJ va “Aziya-Invest Bank” AJ kabi ilg‘or moliya institutlari ishtirok etmoqda. Shuningdek, Rossiyaning “AKRA” reyting agentligining tegishli kredit reytingini olish yuzasidan ishlar “Gazprobank” (AJ)ning Reytinglar bo‘yicha maslahatlashuv Markazi tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiy forumi – 2021, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligi tashabbusiga ko‘ra, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida tashkil etildi. U 350dan ortiq xalqaro va o‘zbek ishbilarmon va moliya sohasi mutaxassislari, xalqaro moliya institulari, davlat arboblari, nodavlat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarini birlashtirdi.