Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O`zmilliybank tizimida "English conversation" loy...

O`zmilliybank tizimida "English conversation" loyihasiga start berildi

09.08.2019
photo_2019-05-22_10-32-06.jpg

O`zmilliybank tizimida faoliyat yurityotgan xodimlarni ingliz tilini ơrganishga bơlgan intilishlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida "English conversation" ("Ingliz tilida suhbatlashamiz") tanlovi e'lon qilingan.

Ta'kidlash joizki, bank xodimining ingliz tilini mukammal bilishi bir qator imkoniyatlar eshigini ochadi. Avvalo, bilish darajasi bilan chet ellik mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko`rsatishi, ingliz tilida bank va moliya adabyotlarni ơqish imkoniyati, ilmiy salohiyat, kadrlar raqobatbardoshligi kabi qator ko`rsatgichlar orasida ijobiy natijalarga erishadi. Shu inobatga olgan holda bank tizimida ana shu tanlovga avgust oyining birinchi sanasidan start berildi.

Tanlovga qiziqishni yanada oshirish, shuningdek tanlov samaradorligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida "English conversation" loyihasi uchun maxsus telegam-bot (@NBU_test_bot) ishlab chiqildi. Bu ham o`z navbatida, yoshlar qiziqishining oshishiga sabab bơlmoqda. Qayd etish joizki, bank tomonidan bunday bilim bellashuvlarining tashkil etilishi, albatta, xodimlarning duyoqarashi va bilimini yuksaltirishi barobarida bank tizimining rivojiga ham xizmat qiladi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU