Toshkentda O'zbekiston iqtisodchilarining III Forumi bo'lib o'tmoqda
6- Dekabr
2 dekabr kuni Toshkentda 'Modernizatsiya strategiyasi va uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash' - O'zbekiston iqtisodchilarining III Forumi ochildi.
Tadbir tashkilotchilari sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qoshidagi prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi hamda O'zbekistonda xalqaro hamkorlik bo'yicha Germaniya jamiyati bilan birgalikda ishtirok etdilar.
Forum iqtisodiyot fani bo'yicha akademik, amaliy va OTM, davlat va xo'jalik organlarining vakillari o'rtasidagi muloqotlarni rivojlantirish, shuningdek respublikaning yosh olimlarini amaliy ilmiy tadqiqotlarni o'tkazish jarayoniga jalb etishga undaydi.
Tadbirda respublika hamda viloyatlarning ilmiy va ta'lim muassasalarining qariyb 200 nafar iqtisodchi, ekspert, olim va mutaxassislari, yosh olim – iqtisodchilar, tajribachi – tadqiqotchilar, O'zbekistonning barcha viloyatlarining iqtisodiyot OTM ning magistr va magistrantlari ishtirok etmoqdalar.
Forumda iqtisodiy siyosatning (budjet, soliq, monetar, valyuta, monopolga qarshi, narx, investitsion) samaradorligi; iqtisodiy siyosatni ishalab chiqish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash modellarida makroiqtisodiy prognozlashtirishning roli;iqtisodiyotning o'tish davrida moliya va real sektorlarning o'zaro bog'liqligi; iqtisodiyotning bazali tarmoqlarini modernizatsiyalashning dolzarb muammolari; insoniyat imkoniyatlarini, hayot tarzi sifatini oshirish; viloyatlarda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish muammolari; viloyatlarning ijtimoiy – iqtisodiy salohiyatini baholash kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
UzReport 02.12.2011