Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Tijorat banklarida korporativ boshqaruv kuchaytiri...

Tijorat banklarida korporativ boshqaruv kuchaytiriladi

18.08.2015

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki  boshqaruvi  qarori bilan  tijorat banklarida  korporativ boshqaruv to'g'isidagi  nizomga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi.  Unga muvofiq,  endilikda   har bir bank samarali korporativ boshqaruv bo'yicha  ichki hujjatlarni ishlab chiqishi  va amalga joriy etishi  kerak.  Shuningdek,  mazkur hujjatlarda  tijorat banklarining korporativ veb saytini  yuritish tartiblari ham nazarda tutiladi.    

Nizomga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarga binoan  banklarning ichki hujjatlarida   minoretar aksiyadorlarning  huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish  qo'mitasini tashkil etish imkoniyatlari  ko'zda  tutilishi kerak.

Shuningdek,   nizomga bankning professional etikasiga  oid talablar kiritildi. Xususan, bank samarali ichki nazoratni  ta'minlashi, aksiyadorlar, mansabdor shaxslar va boshqalarning noqonuniy xatti- harakatlaridan bank manfaatlarini himoya qilishi, manfaatlar to'qnashuvini  bartaraf etishi, mehnatga haq to'lash,  xodimlarni  rag'batlantirish,  xodimlar va  mansabdor  shaxslarga  kreditlar berayotgan paytda xavfsizlik va ishonchlilik  talablariga  qat'iy rioya etish  kerak.

Bankning professional etikasi barcha darajadagi  xodimlar, kengash va boshqaruv a'zolariga yetkazilishi va unga  rioya etilishi ta'minlanishi lozim. 

Aksiyadorlar,  omonatchilar va boshqa  manfaatdor shaxslar hamda bozor ishtirokchilarining  shaffofligi samarali korporativ boshqaruvning muhim shartlaridan biriga aylanishi  kerak. Bu asosan bankning  turli xatarlarga barqarorligi bo'yicha ma'lumotlarni oshkor etish jarayonlarini  o'z ichiga oladi. Axborotlar aniq, tushunarli bo'lishi,bankning korporativ saytida vaqtida e'lon qilinishi lozim.

 

UzReport

 

 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU