Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo'yila...

Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo'yiladigan talablar belgilab olindi

14.07.2015

Bundan tashqari hujjatda belgilanishicha, kapitalning eng kam darajasiga qo'yiladigan talablarga – bank I darajali kapitalining miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan kam bo'lmasligi sharti kiritilgan. Bunda bank I darajali kapitalining miqdorini aniqlash uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining milliy valyutadagi ekvivalenti Markaziy bank tomonidan hisobot oyining oxirgi kuniga valyuta operatsiyalari bo'yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish maqsadida belgilangan valyutalar kursi bo'yicha aniqlanadi.

Qarorda qayd etilishicha, xavfsiz bo'lmagan va nosog'lom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin bo'lgan qoniqarsiz moliyaviy hollarda, bank foydasining qoniqarsiz prognozi, yuqori darajadagi bank tavakkalchiligi va balansdan tashqari moddalar mavjudligi holatlari aniqlanganda  Markaziy bank banklarga nisbatan regulyativ kapital miqdorini oshirish to'g'risidagi talablarni qo'yishga haqli.

Bundan tashqari, bank aktivlari tavakkalchilik darajasi bo'yicha tavakkalchilikdan xolis bo'lgan, minimal, o'rtacha, yuqori va o'ta yuqori tavakkalchilik darajasiga ega bo'lgan guruhlarga bo'linishi ham xujjatda qayd etilgan. Aktivning tavakkalchilik darajasi o'z zimmasiga majburiyatlarni qabul qilgan shaxs va garov yoki kafolat tavsifiga bog'liq.

Bank tomonidan forvard kelishuvlari, svoplar, opsionlar va shunga o'xshash hosilaviy shartnomalar amalga oshirilganda, u bitimlar to'liq nominal qiymatida kredit tavakkalchiligiga uchramaydi. Shartnoma majburiyatlari kontragent tomonidan bajarilmaganligi, bank uchun pul oqimini almashtirishning potensial qiymati tavakkalchilik hisoblanadi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU