Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
TIF Milliy bankining 2016 yilning 1 mart holatiga ...

TIF Milliy bankining 2016 yilning 1 mart holatiga ko'ra amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

31.03.2016

TIF Milliy bankining 2016 yilning 1 mart holatiga ko'ra amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

UzReport.uz

   Bugungi kunda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 90 dan ortiq bo'lim va filiallari mamlakatimizning barcha hududlarida keng miqyosda faoliyat yuritib kelmoqda. Ta'kidlash kerakki, bank kredit portfeli 2016 yilning 1 mart holatiga ko'ra 10 trl 181,6 mlrd. so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 29% ga o'sgan. Bank tomonidan ajratilagan kredit mablag'lari esa joriy yil holatiga ko'ra 286 mlrd 670 mln so'mni tashkil qilmoqda. Shu va boshqa xabarlarning to'liq taqdimoti milliy matbuot markazida bo'lib o'tgan bankining "Erishilgan natijalar va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo'lidagi vazifalar" mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.  

  Ayni vaqtda moliya muassasasi investitsiya faoliyati hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kengaytirish, eksportni rivojlantirish, shuningdek aholi va xo'jalik subyektlarining bo'sh pul mablag'larini omonatlarga jalb etishni rag'batlantirish yo'li bilan bank tizimini yanada mustahkamlash kabi ustuvor vazifalarni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Raqamlarga murojat qiladigan bo'lsak, joriy yilning shu davriga qadar bankning  kredit portfeli 10 trl 181,6 mlrd. so'mni tashkil etdi va bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 29%ga o'sganligini ko'rishimiz mumkin. Kredit portfelining asosiy qismi uzoq muddatli kreditlardan tashkil topgan. Ma'ruzalar davomida mutaxassislar milliy bank tomonidan  xususiy sektorga 1 mart holatiga ko'ra  286 mlrd 670 mln so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratilganligini ham aytib o'tishdi. Shundan ishbilarmon ayyollarga 45 mlrd. 975 mln so'm, xizmat ko'rsatish sohasiga 47 mlrd 42 mln so'm miqdorida  kreditlar  berilgan.  Bundan tashqari, Bank kollej bitiruvchilari, oilaviy tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar hamda shaxsiy yordamchi xo'jaliklarida qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi biznes vakillariga ham mablag'lar ajratib kelmoqda.  Mamlakatimiz taraqiyotiga o'z xissasini qo'shayotgan tadbirkorlar faoliyati taxsinga loyiq albatta, ammo bank  bankrotga uchragan korxonalarini moliyaviy sog'lomlashtirishga ham e'tibor qaratmoqda.

  Anjumanda  bank tomonidan aholi bo'sh pul mablag'larini depozitlarga jalb qilishni faolllashtirish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilganligi ta'kidlandi. Xususan, joriy yil boshidan saqlash muddati 7 oydan 1 yilgacha bo'lgan milliy valyutada 2 ta yangi muddatli omonat joriy etildi. Umuman shu kunga qadar  bank tizimida milliy valyutada 23 ta, xorijiy valyutada 8 ta omonat turi amal qilmoqda. Bundan tashqari anjumanda muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar va joylarda o'rnatilgan terminallar soni  haqida ham statistik ma'lumotlar berildi. Unga ko'ra, xozirda Bank tomonidan emissiya qilingan plastik kartalar soni 2 mln. 529 ming 278 donaga yetdi. Joylarda 20 640 dan ziyod terminallar o'rnatilagan. Shuningdek bank yangilik sifatida, mijozlarning farovonligini yanada ta'minlash maqsadida 2016 yilning 11 martidan boshlab jismoniy shaxslarning plastik kartochka hisobvaraqlari bo'yicha foiz stavkalarni oshirganligi ma'lum qilindi. 

UzReport.uz

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU