Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Talabalar diqqatiga!

Talabalar diqqatiga!

29.04.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 4 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning oliy ta'lim muassasalari hududida amalga oshiriladigan loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratilishi belgilandi.

Ushbu mablag‘larni talabalarning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirish maqsadida "O‘zmilliybank" AJ tomonidan Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining taklif va mulohazalarini hisobga olgan holda “Talabalarning oliy ta'lim muassasasi hududida amalga oshiriladigan loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit mablag‘lari ajratish to‘g‘risida” Vaqtinchalik tartib ishlab chiqildi va "O‘zmilliybank" AJ Boshqaruvining 2022 yil 29 apreldagi qarori bilan tasdiqlandi.

Ushbu tasdiqlangan Vaqtinchalik tartibga asosan, talabalar tomonidan oliy ta'lim muassasasi hududida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarini tanlab olish va moliyalashtirish mexanizmlari belgilab olindi.

Bunda, loyihalarni ko‘rib chiqish va tanlab olishda talabalarning bandligi hamda loyihalar doirasida yoshlar qamrov darajasiga ustuvor ahamiyat beriladi.

Kreditlar amalga oshirilayotgan loyihaning o‘zini-o‘zi qoplashidan kelib chiqib, 7 yilgacha muddatga, shundan 3 yilgacha imtiyozli davr bilan, Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng miqdorda ustama to‘lash sharti bilan ajratiladi.

Tijorat banklari tomonidan kreditlar ustuvor ravishda xorijiy til o‘rgatish kurslari, buxgalteriya, sug‘urta agenti xizmatlari, komp'yuter va veb-dizaynerlik xizmatlari, sport komplekslari tashkil qilish va boshqa yo‘nalishdagi xizmatlar sohalarini tashkil etishga ajratilishi belgilandi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU