Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“Potrebitel.uz” guruhida Katerina Cherednik nomida...

“Potrebitel.uz” guruhida Katerina Cherednik nomidan e’lon qilingan post yuzasidan rasmiy munosabat

27.02.2024

“Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida Katerina Cherednik nomi bilan ro`yxatdan o`tgan fuqaro “Potrebitel.uz” kanalida qoldirgan postda “O’zmilliybank” AJ mobil ilovasini yangilangan versiyasini yuklagandan so`ng, elektron hamyonlari yo’qolib qolganligi va konvertatsiya operasiyalarini amalga oshira olmayotganligini ma’lum qilgan.

Xaqiqatdan, 2024 yil 26 fevral kuni soat 23:55da mijoz tomonidan “Milliy” mobil ilovasi orqali konvertatsiya amaliyotlari bajarilayotganda, bank dasturidagi texnik xatoliklar sababli uning mablag’lari ko’rinmay qolgan hamda konvertatsiya operasiyalarini amalga oshira olmaganligi aniqlandi. Bank xodimlari mazkur postdan keyin mijoz bilan bog`lanib, yuzaga kelgan kamchilkni bartaraf qildilar, shuningdek, mobil ilova va qo‘shimcha bank xizmatlari to‘g‘risida mijozga tushuntirish ishlari olib bordilar.

Suhbat yakunida ushbu fuqaro bankning mas’ul xodimlariga nisbatan hеch qanday e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU