Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O'zmilliybank Toshkent viloyati bo'limi tomonidan ...

O'zmilliybank Toshkent viloyati bo'limi tomonidan 2015 yilning 1 iyul holatiga tadbirkorlarga 94,5 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratildi

26.07.2015

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Toshkent viloyat bo'limi Kredit bo'lim boshlig'i A’zam Akramov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

–O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-yanvardagi 1050-sonli "Mahalliy nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlari to'grisida"gi Qaroriga asosan nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishga ajratilgan kreditlarning umumiy summasi 17,6 mlrd.so’mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan ayollarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida O'zmilliybank tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga barcha moliyalash manbalari hisobidan jami 163 mlrd.so'm miqdorida kredit mablag’lari ajratilgan. Shundan joriy yilning 1 iyul holatiga bu yo'nalish uchun Toshkent viloyati bo'limi ajratgan kredit miqdori 4.2 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, O'zmilliybank iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mijozlarning talab va ehtiyojlarini qondirish, tadbirkorlikni kengaytirish yo'lida faol ish olib bormoqda. Bu esa bankning mamlakat moliya bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlab, belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU