Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga takl...

"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi

12.11.2025

"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, Shimoliy Darvoza 1-burilish 1-berk ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Umumiy ovqatlanish binosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Termiz shahar, At-Termiziy ko‘chasi, 1-uy «O‘zmilliybank» AJ Surxondaryo viloyati Bosh boshqarmasi binosi

Narxi:  306.920.000,00 so‘m;

Muddati: 60 oy; 

Boshlang‘ich to‘lov: 10%;

To`lov sharti: Bo‘lib to‘lash;

Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 17 noyabr soat 12:00 gacha

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yuridik shaxslar uchun:

· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Jismoniy shaxslar uchun:

· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 17 noyabr soat 16:00

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Termiz shahar, At-Termiziy ko‘chasi, 1-uy «O‘zmilliybank» AJ Surxondaryo viloyati Bosh boshqarmasi binosi yoki 78-147-15-73, 91-970-37-37 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU