Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga takl...

"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi

09.10.2025

"O‘zbеkiston Rеspublikas Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Rovat MFY, Chilonzor ko‘chasi, 38-uyda joylashgan noturar-joy binosi quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Jizzax shahri, Sh. Rashidov shox ko‘chasi, 20-uy, "O‘zmilliybank" AJ Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi binosi.

Narxi: 529 638 000,0 so‘m;

Muddati: 36 oy; 

Boshlang‘ich to‘lov: 10%;

Imtiyozli davr: 6 oy;

To`lov sharti: Bo‘lib to‘lash;

Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 13 oktabr soat 18:00 gacha.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yuridik shaxslar uchun:

· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Jismoniy shaxslar uchun:

· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 15 oktabr soat 15:00.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Jizzax shahri, Sh. Rashidov shox ko‘chasi, 20-uy, “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi binosi yoki 78-147-15-61, 99-746-10-20 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU