"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Farg`ona viloyati, Bog‘dod tumani, Bedarak MFY, Amir Temur ko`chasi, 226-uyda joylashgan Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, quritish, qayta ishlash va qadoqlash sеxi bino-inshootlarini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkеnt shahri, Amir Tеmur ko‘chasi, 101-uy. «O‘zmilliybank» AJ Bosh ofisi binosi.
Narxi: 8 376 327 750,00 so‘m.
Muddati: 84 oy;
Boshlang‘ich to‘lov: 10%;
To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2026 yil 25 mart soat 12:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2026 yil 25 mart soat 15:00.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: Farg`ona viloyati, Farg`ona shahri, Al-Farg`oniy ko`chasi, 35-uy «O`zmilliybank» AJ Farg`ona viloyati Bosh boshqarmasi yoki 78-147-15-56, 91-661-00-10 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.