'O'zbekiston temir yo'llari' DAK tashkil etilganiga 19 yil bo'ldi
UzReport 08.11.2013
“O'zbekiston temir yo'llari” Davlat Aksiyadorlik Temir Yo'l Kompaniyasi 1994 yil 7 noyabrda O'zbekiston Respublikasi xududida joylashgan sobiq O'rta Osiyo temir yo'llari negizida tashkil etilgan.
Kompaniyaning asosiy yo'llarinig umumiy uzunligi bugungi kunda 3645 kilomterga yaqinni tashkil etadi. Kompaniyada 54,7 mingdan ziyod kishi ishlaydi. Kompaniyaning yillik yuk aylanmasi barcha turdagi transport yuk aylanmasining 90% ga yaqinini tashkil etadi, , deb xabar beradi “O'zbekiston temir yo'llari” DAK matbuot xizmati.
O'tgan to'qqiz oyning sarhisobiga ko'ra "O'zbekiston temir yo'llari" davlat aksionerlik kompaniyasi tomonidan 13.9 million yo'lovchiga xizmat ko'rsatilgan. Kompaniyaning temir yo'l stansiyalari orqali 47,5 million tonna yuk tashilgan, shulardan 5,5 million tonnasi eksport yuklaridir. 7,8 tonna eksport yuki jo'natilgan. Raqamlar ko'rsatib turibdiki, ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan ortgan.
Hozirgi kunda kompaniya strukturasi tubdan isloh qilinmoqda. Asosiy e'tibor alohida sohalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga qaratilmoqda.