Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yangi ra...

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yangi rais o'rinbosari tayinlandi

08.11.2013
UzReport 07.11.2013

      O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko'ra, joriy yilning 4 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rais o'rinbosari lavozimiga Xojimurodov Sherzod Yuldashevich etib taynlandi.
     Markaziy bank matbuot xizmati xabariga ko'ra, Sherzod Xojimurodov o'z lavozimida kassa-emissiya operatsiyalarini, to'lov tizimi va informatsion texnologiya Departamenti, buxgalteriya hisob-kitob Departamenti, Davlat byudjeti xisob-kitobi hamda kassa bajarilishi va “Informatizatsiyalash bosh markazi” bosh boshqarmasininsh faoliyatini nazorat qiladi.
     Ta'kidlab o'tamiz, Sherzod Xojimurodov 1976 yilda Toshkent viloyati Quyi-Chirchiq rayonida tug'ilgan. 1998 yilda Toshkent Moliya institutining “Xalqaro kredit-valyuta muomalasi” mutaxassisligini bitirgan va shu yili bank tizimida ish faoliyatini boshlagan.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU