Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O'tgan yilning yanvar-may oylariga nisbatan bu yil...

O'tgan yilning yanvar-may oylariga nisbatan bu yil non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish 120,3% oshdi

20.06.2013

    Respublika sanoat korxonalarining moddiy-texnika bazasini texnik yangilash jarayonlarini izchil sur’atlarda olib borilishi, oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish hajmini oshirilishiga muhim imkoniyat yaratib, 3016,6 mlrd.so‘m miqdorida mahsulotlar ishlab chiqarilishiga yoki 2012 yilning yanvar-mayiga nisbatan 106,0% o‘sishiga olib keldi.
    Davlat statistika qo’mitasining matbuot xizmati xabar berishicha, yirik sanoat korxonalari tomonidan o‘tgan yilning yanvar – may oylariga nisbatan, sariyog‘ 160,6%, makaron mahsulotlari 156,7%, meva-sabzavot konservalari 151,1%, sut va sut mahsulotlari 150,9%, o‘simlik yog‘i 119,3%, non va non mahsulotlari 120,3%, mineral suvlar 117,3%, margarin mahsuloti 105,9 %, xo‘jalik sovuni 105,3%, osh tuzi 104,8%, un 104,1%, muzqaymoq 101,3%ga ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshirildi.
    2012 yilning yanvar-mayiga nisbatan, iste’mol spirti 109,5%, uzum vinosi 105,9%, aroq va liker-aroq mahsulotlari 104,2% kabi alkogol mahsulotlari turlarining ishlab chiqarish hajmi oshdi.

UzReport 20.06.2013

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU