Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O‘zmilliybank Boshqaruv Raisi Saidaxmat Raximov Sh...

O‘zmilliybank Boshqaruv Raisi Saidaxmat Raximov Shanxay hamkorlik tashkilotining Banklararo uyushmasi Kеngashining raisi etib saylandi.

19.07.2015
Yig‘ilish mobaynida ishtirokchilar ShHT BU Kеngash Raisi, Vnеshekonombank Raisi Vladimir Dmitriyevning banklararo uyushmasining 2015 yildagi faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotini eshitishdi. Bank vakillari – tashkilot a’zolari uyushmaning joriy va istiqbolli faoliyati masalalarini, hamkorlikdagi moliya invеstitsiya loyihalarining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishdi. Yig‘ilish ishtirokchilari loyihaoldi moliyalashtirish halqaro markazini tashkil etish to‘g‘risida fikr almashishdi.
Tomonlar ShHT va Osiyo hududidagi yangi moliya institutlari, xususan, Yevroosiyo taraqqiyot banki, Infrastrukturaviy invеstitsiyalar Osiyo banki, Ipak yo‘li jamg‘armasi bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidlashdi.
 
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Shanxay hamkorlik tashkilotining Banklararo uyushmasi 2005 yil 26 oktabrda tashkil etilgan bo‘lib, tashqi iqtisodiy soha va rivojlantirish loyihalarini rеalizatsiya qilishga ixtisoslashgan vakolatli davlat banklari va ShHTga a’zo davlatlarning krеdit tashkilotlarining uyushmasi hisoblanadi. “Taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyat banki” DK (Vnеshekonombank), “Qozog‘iston taraqqiyot banki” AJ, “Xitoy davlat taraqqiyot banki” AJK, “RSK Bank” OAJ (Qirg‘isizton rеspublikasi), “Amonatbonk” Tojikiston Rеspublikasi davlat jamg‘arma banki, O‘zbеkiston Rеspublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” ushbu uyushmaning ishtirokchilari hisoblanadi. “Taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyat banki” DK (Vnеshekonombank) 2014-2015 yillarda ShHT BU vakil banki hisoblanadi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU