“O`zmilliybank” AJ mijozlarini hushyor bo‘lishga chorlaydi
So‘nggi vaqtlarda o‘zlarini “O‘zmilliybank” AJ Mijozlarga g‘amxo‘rlik qilish dеpartamеnti xodimlari sifatida tanishtirib, potentsial jabrlanuvchilarga shaxsiy kabinetga atipik (doimiy ravishda foydalanilmagan) qurilmadan kirish amalga oshirilgani haqida xabar berib, mijozning shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishni so‘ragan holda, telefon orqali firibgarlik holatlari ko‘payishi kuzatilmoqda.
“O‘zmilliybank” AJ o‘z mijozlarini hushyor bo‘lishga chaqirib, Bankda yuqoridagi nomli dеpartamеnt mavjud emasligi, eng muhimi, bank xodimlari hech qachon mijozlardan shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramasligi va SMS orqali keladigan kodni talab qilmasligini ma’lum qiladi. Bundan tashqari, Bank xodimlari faqat shahar raqamilaridan qo'ng'iroqni amalga oshiradilar. Bu raqamlarni Bank veb-saytida topish mumkin (https://nbu.uz/uz/about-bank/branches-and-atms/).
Bunday hollarda vaziyatga oydinlik kiritish uchun mijozlar 1344 yoki (78) 148-00-10 raqamlari orqali Aloqa markaziga murojaat qilishlari mumkin.
Sizdan hushyor bo'lishingizni va shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga ma’lum qilgan holda, firibgarlik qurboniga aylanmasligingizni so'rab qolamiz.
Bank faoliyati toʻgʻrisidagi barcha rasmiy maʼlumotlar bankning veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida doimiy ravishda joylashtiriladi va yangilab boriladi.
Telegram —https://t.me/nbu_official;
Facebook — https://www.facebook.com/uznbu;
Instagram — https://www.instagram.com/nbu.official/.