"O‘zmilliybank" AJ ACCA Approved Employer maqomini qo'lga kiritdi

"O‘zmilliybank" AJ Buyuk Britaniyaning Сharter maqomiga ega bo'lgan xalqaro sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasi (ACCA) tomonidan Akkreditatsiyalangan ish beruvchi maqomini qo'lga kiritdi.
ACCA ning mazkur sertifikati bankka professionallikni qadrlaydigan va o'z xodimlarining salohiyatini rivojlantirishga urg'u qaratadigan ma'sul ish beruvchi maqomini bildiradi.
Ushbu maqom bankka mahalliy va xorijiy bozorlardagi eng yaxshi mutaxassislarni ishga jalb qilish va natijada bankning barqarorligini ta'minlash va uni rivojlantirishga yo'l ochadi. Shu o'rinda, O‘zmilliybank xodimlari bo'lgan ACCA talabalari ham bank tomonidan, ham ACCA tashkiloti tomonidan bir qator imkoniyatlarga ega bo'lishadi. Ushbu imkoniyatlar, bank xodimlarining qisqa muddat ichida ACCA azoligini qo'lga kiritishlariga zamin yaratadi.