NBU quyosh panellari xarid qilish uchun kreditlar taqdim etadi
Agar elektr energiyasini tejash va biznesingiz xarajatlarini kamaytirish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, NBU Light Green va Green Standard quyosh panellari va jihozlarini sotib olish hamda o‘rnatish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilga qulay kreditlar taklif etadi:
Light Green
- Yillik foiz stavkasi: 15,5%
- Garov ta’minoti: Likvidli mol-mulk garovi
- Kredit miqdori: 5 mlrd so‘mgacha;
- Shartnoma qiymatining kamida 15 foizi tadbirkor mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Green Standart
- Yillik foiz stavkasi: 20,5%
- Garov ta’minoti: sug‘urta polisi va 3 kishining kafolligi
- Kredit miqdori: 50 million so‘mgacha;
Aloqa markazi: