Moliya bozorlarini monopoliyaga qarshi tartibga solish masalalariga bag'ishlangan seminar-trening bo'lib o'tdi
UzReport 03.10.2013
2013 yil 2 oktyabrda Respublik biznes maktabida Davlat raqobat qo’mitasi, Markaziy bank, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari, lizing va sug’urta kompaniyalari, hamda boshqa nobank moliya tashkilotlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 avgustdagi 230-sonli “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining mazmun-mohiyatiga bag’ishlagan seminar-trening bo’lib o’tdi.
Ushbu tabdirda raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlar va bitimlarni aniqlash tartibi, moliya bozorlarida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash tartibi, shuningdek tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat reestrini yuritish tartibi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni majburiy tarzda bo’lish yoki ajratib chiqarish va moliya bozorlarini tartibga solish bilan bog’liy boshqa masalalar muhokama qilindi.
Tadbir kun tartibidagi masalalarni muhokamasi davomida seminar-trening ishtirokchilari ushbu sohada keyingi hamkorliklar to’g’risida kelishib oldilar.
Tasdiqlangan reja-jadvalga asosan joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida shu kabi seminar-treninglar respublikaning barcha mintaqalarida o’tkazilishi belgilangan, deb xabar beradi Matbuot xizmati.