"Gazeta.uz" saytida joylashtirilgan ma`lumot haqida
2020 yilning 27 sentyabr kuni "Gazeta.uz" yangiliklar saytida «ICIJ» Xalqaro tadqiqotchi jurnalistlar konsorsiumining ma'lumotlari asosida "OAV Amerika FinCEN tarmog‘ining maxfiy moliyaviy hujjatlarini nashr qildi" nomli maqola chop etilgandi, unda "O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJning tranzaksiyasi eslatib o‘tiladi.
FinCEN (Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish tarmog‘i) Amerika banklarining, shuningdek AQSh banklarida vakillik hisob-raqamiga ega bo‘lgan xorijiy kredit tashkilotlarining barcha tranzaksiyalari to‘g‘risida ma'lumotlarni to‘playdi. Tranzaksiya tarmog‘iga tushganlar har doim ham pul o‘zlashtirilishiga, moliyaviy jinoyatlarga va ular bilan bog‘liq operatsiyalarga jalb qilinganligini anglatmaydi. Shuningdek, FinCEN tarmog‘iga shubhali tranzaksiyalar ham tushadi, ushbu tranzaksiyalarning ro‘yxatiga yuridik va jismoniy shaxslarning bank xodimlarida shubha tug‘dirgan operatsiyalari ham kirishi mumkin.
O‘zining saytida «ICIJ» kompaniyasi 2016-2017 yillar uchun 2 trillion AQSh dollaridan oshgan summadagi barcha tranzaksiyalarga kirishga ruxsat berdi.
Shuni ta'kidlash joizki, 2005 yildan boshlab O‘zbekiston FATFni (FATF – The Financial Action Task Force) a'zosi hisoblanadi, hamda "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi 660-II-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 mayda 2886-son bilan ro‘yxatga olingan "Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari" qabul qilingan, ularning tavsiyalari va talablariga "O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ qat'iy bo‘ysunadi va pullarni o‘zlashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha barcha xalqaro standartlarga rioya qiladi.
Shu o‘rinda ta'kidlash zarurki, bank tranzaksiyalari rasmiy banklararo operatsiyalarga kiradi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 mayda 2886-son bilan ro‘yxatga olingan "Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari" doirasida bajarilgan va shubhali operatsiyalarning belgilariga ega bo‘lmagan.
"O‘zmilliybank" AJ Ichki nazorat Departamenti