Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari ijrosining hisobot shakllari tasdiqlandi
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 166-moddasiga muvofiq, Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash to'g'risida buyrug'i chiqdi.
Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi, Respublika yo'l jamg'armasi, Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag'lar jamg'armasi, Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi, Umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg'armasi, Oliy o'quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg'armasi va boshqa bir qator jamg'armalar byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik va yillik hisobot shakllari tasdiqlandi.
Xujjatda belgilanganidek, davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar har oyda davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga choraklik hisobotni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda, yillik hisobotni esa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreligacha topshiriladi.
UzReport