Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Butunjahon banki ofisida videokonferensiya o'tkazi...

Butunjahon banki ofisida videokonferensiya o'tkazildi

24.06.2015

PEMPAL Byudjet hamjamiyati ishchi guruhi doirasida  Butunjahon bankining O'zbekistondagi  mintaqaviy ofisida  videokonferensiya o'tkazildi. Unda  O'zbekiston Moliya vazirligi va  uning qoshidagi  o'quv markazi mutaxassislari  ishtirok etdi.  Shuningdek,   konferensiyada  Butunjahon bankining   Zagreb, Belgrad, Sarayevo, Moskva, Tirana, Minsk, Kishinev  va  Bishkekdagi mintaqaviy vakillari ham  qatnashdi. 

Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, PEMPAL – bu  davlat moliyasini  boshqarish bo'yicha  o'zaro  bilim va tajriba almashish hamjamiyatidir.  Uning doirasida islohatlar,     qolaversa Markaziy Osiyo, Markaziy va Sharqiy Yevropa  davlatlari o'rtasida  tajriba almashishuvga   qaratilgan sa'yi harakatlar amalga oshiriladi

Videokonferensiya  davomida  markaziy davlat organlari   tuzilmalari tahlili bo'yicha taqdimotlar o'tkazildi.  Uning yakunida  resurs bazasini o'zgartirmagan holda  davlat tashkilotlari xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, kadrlar salohiyatini  mustahkamlash va baholash bo'yicha bir qator  tavfsiyalar ishlab chiqildi. 

O'zbekistondagi boshqa moliyaviy yangiliklarni www.UzReport.uz da o'qing.

 

UzReport

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU