“2011 yil 31 dekabr shanba dam olish kunini 2012 yil 2 yanvar dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida”
26.12.2011
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.
Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
2011 yil 31 dekabr shanba dam olish kuni 2012 yil 2 yanvar dushanba kuniga ko‘chirilsin;
2011 yil 31 dekabr shanba kuni ish kuni deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2011 yil 26 dekabr
O‘zA 26.12.2011