“O‘zmilliybank” AJ internet-resursga joylashtirilgan rezyume bazasi va boshqa axborot xaridi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
“O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ potentsial nomzodlarni jalb qilish uchun saytda bo'sh ish o'rinlarini joylashtirish, internet-resursga joylashtirilgan rezyume bazasi va boshqa axborotlarga kirishni ta'minlash, kadrlarni qidirish uchun xalqaro saytlarga kirish huquqi bilan, O'zbekiston Respublikasi, MDH hududida kadrlarni izlash onlayn xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlovni o‘tkazish joyi va manzili: 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Tеmur shohko‘chasi, 101- uy.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:
100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 101. Telefon: +99878 147-15-27, ichki: 17-70.
Aloqa qiluvchi shaxs – Mansurov Abduqahhor Raxmatjon o‘g‘li.
Tanlov taklifini qabul qilishning oxirgi sanasi 2020 yilning 27 sentyabr kuni.