“O‘zmilliybank" AJ auditorlik tеkshiruvini amalga oshirish uchun tеndеr e’lon qiladi
"O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ 2020 yilning 1 yanvardan 31 dеkabrgacha bo‘lgan moliyaviy yili uchun “O‘zmilliybank" AJ guruhining Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tayyorlangan jamlanma moliyaviy hisobotini audit tekshiruvidan o’tkazish, shuningdek, 2021 yilning 30 iyunida yakunlanadigan 6 oylik “O‘zmilliybank" AJ guruhining moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq tayyorlangan oraliq jamlangan moliyaviy hisoboti tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha tender e'lon qiladi.
Tenderni o‘tkazish joyi va manzili: 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Tеmur shoh ko‘chasi, 101- uy.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 101. Telefon: +99878 147-15-27, ichki: 17-70.
Murojat uchun: Mansurov Abduqahhor Raxmatjon o‘g‘li.
Tanlov taklifini qabul qilishning oxirgi sanasi 2021 yilning 10 yanvar kuni.