Kuch ishonchda
O’zmilliybank tadbirkorlik sub’ektlariga yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish va xizmatlar ko’rsatishni amalga oshirish maqsadida investitsion kreditlar taklif qiladi.
Kredit muddati har bir loyiha bo‘yicha, loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasi/Biznes rejasiga asosan o‘z-o‘zini qoplash hisob-kitoblaridan kelib chiqib individual belgilanadi.
Taqdim etiladigan garov qiymati kredit miqdorining eng kamida 125% ni qoplashi talab etiladi.
Milliy valyutadagi investitsion kreditlar yillik 22 foiz stavkasi taqdim etiladi.
Investitsion loyihalarni jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish xorijiy kredit liniyalari shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
1. Qarz oluvchining asosiy hisob raqami O‘zmilliybank tizimida bo‘lishi
2. Qarz oluvchining yillik moliyaviy hisobotlari ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi
3. Qarz oluvchining ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi
4. Qarz oluvchining loyihadagi o‘z mablag‘lari bilan ishtiroki loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmasligi
5. Investision loyihani moliyalashtirish 85 ga 15 nisbatda, ya'ni shartnoma qiymatining 85 foizigacha bo‘lgan qismi kredit hisobidan hamda qolgan 15 foizidan kam bo‘lmagan qismi tashabbuskorning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi (asoslantirilgan holda)
6. Qarz oluvchining bank hisob raqamlari orqali asosiy faoliyatidan pul aylanmalarining mavjud bo‘lishi
7. Bozor bahosi diskontlangan holda kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda likvid garov ta'minoti taqdim etilishi
Oxirgi yangilanish sanasi: 21.11.2024 11:41:45
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.
Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy
Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting
Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.