Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Meva-sabzovotchilik agroklasterlarini rivojlantiri...

Meva-sabzovotchilik agroklasterlarini rivojlantirishga imtiyozli kredit

20.04.2020

Qishloq xo‘jaligida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmini ko‘paytirish hamda eksport salohiyatini oshirish uchun "O‘zmilliybank" AJ meva-sabzavotchilik agroklasterlariga yanada qulay shartlarda kreditlar taqdim etishni boshladi.

Kredit maqsadi:

Meva – sabzavotchilik agroklasterlarini aylanma mablag‘lar bilan ta'minlash.

Kredit muddati – ochiq liniyali, revolver usulda kredit summasini har 6 oyda to‘liq qaytarish sharti bilan 18 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga;

Foiz stavkasi - yillik 22 foiz. Bunda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining 7% miqdordagi kompensasiyasidan foydalanilganida, kreditning foiz stavkasi qarz oluvchiga yillik 15% ga aylanadi.

Kredit miqdori:

Meva-sabzavot klasterining ishlab chiqarish quvvatlari, kredit mablag‘larini so‘ndirishning aniq hisob-kitoblari hamda klaster tomonidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.

Agroklasterlar uchun kreditlar https://nbu.uz/uz/small-business/fruit-credit/

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU