Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladigan kredit
Hokimliklar, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan uch tomonlama kelishuv imzolagan meva-sabzavot maxsulotlari yetishtiruvchi korxonalar aylanma mablag‘larini to‘ldirish.
Kredit muddati
18 oygacha
Foiz stavkasi
yillik 23 foiz
Asosiy vositalar sotib olish uchun ajratiladigan kredit
Asosiy vositalar, shu jumladan muzlatgichli omborxona va issiqxona uskunalari sotib olish.
Imtiyozli davr
24 oygacha
Milliy valutadagi kreditlar bo‘yicha
yillik 23 foiz
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kredit liniyalari xisobidan xorijiy valutada
yillik 7.99 foiz
Kredit miqdori
Meva-sabzavot klasterining ishlab chiqarish quvvatlari, loyiha o‘zini-o‘zi qoplash tahlillari hamda klaster tomonidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Naqd pul ko‘rinishida beriladigan milliy valyutadagi kreditlar
O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan tuzilgan ro‘yxatga kiritilgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan tadbirkorlik sub'ektlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun, ilgari berilgan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzlar, shuningdek, ilgari olingan kreditlarni to‘lash bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan taqdirda beriladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan kredit olish uchun eksport qiluvchi, xo‘jalik yurituvchi sub'ektnig har bir murojaati bo‘yicha bankka kafolat xatlari taqdim etiladi.
Kredit miqdori
90 kundan ko‘p emas
Imtiyozli davr
mavjud emas
Kredit miqdori
Kelgusi 3 oy ichida barcha majburiy xarajatlarni va biznes rejada belgilangan savdo hajmida eksport shartnomalarini olib tashlaganidan keyin kredit olish uchun yetarli bo‘lgan pul oqimlarining real prognoziga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar – eksportchilarning biznes rejasi ko‘rsatkichlari asosida o‘rnatiladi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, maslahatlar berish, o‘qitish va loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida "O‘zmilliybank AJ" AK har bir filialida “Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish markazlari” ochilgan.