Bosh sahifa
/
Maqolalar
/
O‘zmilliybank: korrupsiyaga qarshi kurash - muhim ...

O‘zmilliybank: korrupsiyaga qarshi kurash - muhim vazifa

“Korrupsiya - bu jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.

U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari

buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to’sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi

va odam xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm

va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi”.

BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida”gi Konvensiyasidan

 

 

So’ngi yillarda yurtimizda har bir sohada juda ko’plab ijobiy islohatlar olib borilmoqda. Shunday islohatlardan biri shubxasiz korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’RQ-419-son qonuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2017 yil 2 fevraldagi “korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuning qoidalarini amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2752-son qarorlari bunga yaqol misol bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham davr bilan hamnafas barqaror rivojlanib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida ishlar olib borilmoqda. Hech kimga sir emaski ortiqcha qog’ozbozlik yurtimizda faoliyat olib borayotgan tashkilotlarlarning og’riqli nuqtalridan biri hisoblanib, bu o’z nabatida xizmat ko’rsatayotgan mijozlarga noqulaylikni yaratish bilan bir qatorda korrupsiyani keltirib chiqarashi mumkin. 

Shu sababdan Milliy bank tizimida mijozlarga masofadan hizmat (elektiron) ko’rsatishning turlarini kengaytirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Hususan “Milliy” mobil ilova orqali hozirgi kunda mijozlarimiz o’z hisob varaqlarini onlayn tizmda boshqarishlari, hisobvaqar qoldiqlarini ko’rishlari, kerakli hisob raqamlarga pullarni o’tkazishlari mumkin. Shuningdek, jismoniy shaxslar ushbu ilova orqali o’z plastik kartochkalirini boshqarishi, bankka kelmasdan turib, plastik kartadagi pul mablag’larini omonatga qo’yishlari va o’z vaqtida foiz to’lovlarini olishlari mumkin. Kunning istalgan qismida o’z so’m kartaradigi pul mablag’larini AQSh dollariga almashtirishlari yoki turli to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratildi. Shu yilning o’zida Toshkent shahridagi deyarli barcha tumanlarda kecha-yu kunduz hizmat qiladigan 24/7 shaxobchalarining ochilishi esa mijozlarning kunning istalgan qismida plastik kartochkalaridan naqd pullarni yechib olish yoki kirim qilishlari imkonini yaratdi.

Mijozlarning murojatlarini o’z vaqtida samarali hal qilish bo’yicha ham tizim ishlab chiqildi. Milliy bankning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy kanallari ishga tushirildi. Filialarda fuqarolar qabul xonasi tashkil etilib, har bir murojaat o’z vaqtida ko’rib chiqilmoqda. Bu ham o’z navbatida korrupsiya qarshi kurashishning bir usulidir. Chunki mijozning muamolarini eshitadigan, uni hal qiladan tizm yo’q joyda korrupsiyaning ildiz otishi muqarrardir.

Korrupsiya kecha yoki bugun paydo bo’lib qolmagan. Unga qarshi kurashish ham osonlikcha bo’lmasligi aniq. Korrupsiya rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi muhitni shakllantirish orqali unga qarshi samarali kurashish mumkin.


Baxromov Alijon 

O`zmilliybank Uchtеpa filiali

Chakana amaliyotlari bo‘lim boshlig‘i

      

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU