O‘zbekiston Milliy banki va Mastercarddan «Yozni uzaytiring» aksiyasi

O‘zbekiston Milliy banki Mastercard xalqaro to‘lov tizimi bilan birgalikda «Yozni uzaytiring» aksiyasini o‘tkazmoqda

Aksiya 2023-yil 5-iyuldan 4-oktabrgacha UzNatsbankning Mastercard xalqaro to‘lov kartalari egalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Bu aksiyada Mastercardning barcha turdagi kartalari – Virtual, Standard, Gold, Platinum, World Elite qatnashadi. Mastercard kartasini Milliy mobil ilovasi orqali yoki O‘zmilliybankning istalgan filialida ochish mumkin

Aksiya davomida har oy qimmatbaho sovg‘alar o‘yinlari o‘tkaziladi, aksiya muddati yakunida esa Asosiy sovrin o‘ynaladi

Aksiyaning oraliq o‘yinlarida ishtirok etish uchun Mastercard kartasidan bir marotaba 25 AQSh dollariga teng yoki undan ortiq tranzaksiya amalga oshirish zarur. Bu tovar/xizmatlar uchun savdo-sotiq korxonalari terminallarida yoki internet tarmog‘ida to‘lov, Mastercard Send xizmati orqali pul o‘tkazmasi, shuningdek boshqa bank infratuzilmasida naqd pul olish bo‘lishi mumkin

Aksiya muddati yakunida Asosiy sovrin o‘yinida ishtirok etish uchun Mastercard kartasidan aksiya boshidan boshlab 100 AQSh dollariga teng yoki undan ortiq tranzaksiyalarni amalga oshirish zarur. Bu tovar/xizmatlar uchun savdo-sotiq korxonalari terminallarida yoki internet tarmog‘ida to‘lov, Mastercard Send xizmati orqali pul o‘tkazmasi, shuningdek boshqa bank infratuzilmasida naqd pul olish bo‘lishi mumkin

Aksiyada konversiya operatsiyalari va Bank tarmog‘idagi bankomatlar va terminallardan naqd pul yechish tranzaksiyalari hisobga olinmaydi

Aksiyadagi barcha o‘yinlar g‘oliblari Random.org servisi orqali onlayn-translyatsiyada tasodifiy tanlash usuli bilan aniqlanadi

Oraliq o‘yinlar sovrinlari:

1-o‘rin – MacBook noutbuki

2-o‘rin – iPhone 14 Pro Max smartfoni

3-o‘rin – Sony PlayStation 5 o‘yin pristavkasi

Asosiy sovrin – ikki kishilik Dubay (BAA) sayohati

O‘tkazilayotgan aksiya haqida, o‘yin sanalari (qimmatbaho sovrinlar, Asosiy sovrin) haqidagi ma'lumotlar Bankning rasmiy sayti www.nbu.uz va Bankning boshqa rasmiy axborot kanallari (Telegram, Facebook, Instagram) orqali e'lon qilinadi

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU