Xalqaro Valyuta Jamg'armasi vakillarining O'zbekistonga qilgan tashrifi natijalari bo'yicha bayonoti
UzReport 11.10.2013
2013 yilning 25 sentyabridan 2 oktyabrigacha Xalqaro Valyuta Jamg'armasining ( XVJ ) Veronika Bakalu rahbarligidagi missiyasi O'zbekiston Respublikasidagi joriy iqtisodiy vaziyat, davlat siyosati va mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish uchun Toshkentga tashrif buyurdi.
Missiya ishlari tugaganidan so'ng Veronika Bakalu bayonot berdi. Bayonotda qayd etilishicha, dunyo miqyosidagi iqtisodiy vaziyatlarni yomonlashishiga qaramay , O'zbekiston iqtisodiyoti jadal sur'atda o'sishni davom ettirdi, baland byudjet ko'rsatigichlari, barqaror bank tizimi va past darajadagi davlat qarzi barqaror makroiqtisodiy natijalarga erishishda yordam bermoqda.
XVJ bayonotida aytilishicha, 2013 yilning birinchi yarmida YAIM real o'sishi 8 foiz darajasida saqlanib qoldi, bunga asosan davlat tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya va modernizatsiya dasturi yordam berdi. Tovar va xizmatlar eksporti 12 foizga oshdi. Joriy operatsiyalar hisobot profitsiti oshgan, xalqaro zaxiralar esa yuqori darajada qolgan.
2013 yilning birinchi yarimi natijalari konsolidatsiyalashgan byudjet ko'rsatgichlari prognoz ko'rsatgichlaridan yuqori ekanligini tasdiqladi. O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi ijobiy farq birinchi yarim yil ichida YAIMdan 4,3 foiz tashkil qildi.
XVJ bayonotida ta'kidlanganidek, pul-kredit siyosati muvofiqlashtirilgan. O'tgan yilning shu davriga nisbatan milliy iqtisodiyotni kreditlashning o'sishi ma'lum maqsadlar uchun ajratilgan kreditlash va ichki iqtisodiy faoliyatlik tufayli 30 foiz darajasida qoldi
Bank sektori barqarorligini saqlab qolgan va yuqori kapitalizatsiya hamda likvidlik darajasiga ega bo'lgan. Xalqaro valyuta jamg'armasining ekspertlari O'zbekiston iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini ijobiy baholadilar. Tashqi bozordagi sharoitlarni og'irlashishiga qaramay, XVJ taxminlariga ko'ra iqtisodiy o'sish sur'atlar 2013-2014 yillarda 7 foizdan oshadi.
2013 yilda joriy operatsiyalar hisobi bo'yicha profitsit, kutilganidek, YAIMdan 3 foizni tashkil etadi (2012 yildagi profitsita qaraganda 2,2 foizga balandroq)
Rivojlanib borayotgan mamlakatlarda o'sish sur'atlari darajasi sekinlashishi istiqbolda iqtisodiy vaziyatlar yomonlashishining asosiy omillari hisoblanadi . Biroq, XVJ tahlilchilari hisoblariga ko'ra, bu omilning ta'siri O'zbekiston iqtisodiyotiga soliq-byudjet sohalarining barqarorligi va yetarli valyuta rezervlari tufayli katta ta'sir ko'rsatmaydi.
XVJni missiyasi yaqinda qabul qilingan chora-tadbirlar, xususan, tashqi savdo faoliyati va bojxona nazorat talablari qisqarishi, litsenziyalash va ruxsat olishni tartibga soluvchi huquqiy-me'yoriy bazaning mustahkamlanganligini ijobiy baholadi. Shuningdek, pul-kredit va byudjet-soliq sohasidagi erishilgan yutuqlarni ham ma'qulladi.