Toshkentda ikkita Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko'rgazma o'z ishini boshladi
"Uzbekistan AGROMINTECH EXPO-2014" IX Xalqaro ixtisoslashtirilgan agro sanoat kompleksi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalaming ko'rgazma-savdosi va "Uzbekistan AGROTECHMASH EXPO-2014" III Xalqaro ixtisoslashtirilgan qishloq xo'jaligi texnikalari, mashina va uskunalar ko'rgazmasi o'z ishini boshladi.
Mazkur an'anaviy ko'rgazma, mamlakatimiz qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari va dehqon xo'jaliklari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga salmoqli turtki beradi, shuningdek o'zimizda shu kabi uskunalarni ishlab chiqarish va ularning servis xizmatlarini yo'lga qo'yishga imkoniyat yaratadi.
"AGROMINTECH EXPO-2014" ishida 26 mamlakatning 150 ta mini-texnologiyalar va ixcham uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalari ishtirok etmoqda. Ular orasida Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Ispaniya, Fransiya, AQSH, Belgiya, Yaponiya, Janubiy Korea, Xitoy, Turkiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar bor.
Ko'rgazmada oziq-ovqat va go'sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash, un va kombikorm ishlab chiqarish uchun mini texnologiyalar va ixcham uskunalar hamda bog'dorchilik va uzumchilik uchun mini-uskunalar, qadoqlovchi uskunalar, chorvachilik va parrandachilik, shu qatorda, terini qayta ishlash, issiqlik xo'jaligini tashkil etish, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun texnologiyalar, yengil sanoat uchun uskunalar, o'simliklarni kimyoviy himoyalash, veterinariya kabi sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalar ishtirok etmoqda.
2013 yilgi ko'rgazma-savdo yakunlariga ko'ra xorijiy kompaniyalar hamda respublikamiz tadbirkorlari o'rtasida mini texnologiyalar, ixcham uskunalar va qishloq xo'jaligi texnikalarini umumiy qiymati 120,1 milliard so'm bo'lgan 1185 shartnoma imzolangan, ulardan 659 tasi 70,1 milliard so'm va 526 tasi 50 milliard so'mlik protokollardan iborat.
Shu bilan birga, uchinchi bora o'tkazilayotgan "Uzbekistan AGROTECHMASH EXPO-2014" eng yaxshi jahon namunalariga javob beruvchi zamonaviy va samarali texnikalar turlari bilan boyitilgan ko'rgazmali maydonga aylandi. Ko'rgazma ishida jahonning qishloq xo'jaligi texnikasi va uskunalari ishlab chiqaruvchi yetakchi 20 ta mamlakati, shuningdek mamlakatimizning korxonalari, savdo-sotiq banklari va lizing kompaniyalari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, tasdiqlangan dasturga muvofiq, ko'rgazma doirasida xorijiy kompaniyalar prezentatsiyalarinig namoyishi nazarda tutilgan. Eslatib o'tamiz, ko'rgazma 6 iyungacha davom etadi va joriy yilning eng esda qolarli iqtisodiy voqeasiga aylanadi.