Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O'zbekistonda 2030 yilgacha energiya resurslariga ...

O'zbekistonda 2030 yilgacha energiya resurslariga talab 25,5 foizga o'sadi

04.09.2014

2015 yilda  O'zbekistonning  Xalqaro tiklanuvchi energiya  agentligiga (IRENA)   a'zo bo'lishi bilan bog'liq protseduralar o'z nihoyasiga yetkaziladi. Shuningdek, yaqin vaqt ichida mamlakat parlamentida  “Tiklanuvchan energiya manbaalari to'g'risida”gi qonun loyihasi  ko'rib chiqiladi.  Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi  alternativ energiya resurslari bilan  bog'liq  loyihalarni amalga oshirish uchun huquqiy  asos bo'ladi.

Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, bugungi kunda dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlari    Xalqaro tiklanuvchi energiya  agentligi a'zosi sanaladi.  Agentlik ushbu davlatlarning energetik salohiyatini  oshirish, tiklanuvchan energiya manbaalari va texnologiyalarni  rivojlantirishga ko'maklashib kelmoqda. 

IRENA  o'z faoliyatini barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida tiklanuvchi energiya  resurslarining barcha turlarini  ommalashtirishga, xususan bioenergiya, gidroenergiya, quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni  kengaytirish, energetik  xavfsizlikni kuchaytirishga qaratgan. Agentlik shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tajriba almashish  uchun ham  asosiy platforma sanaladi. 

Shuni ta'kidlash kerakki, IRENA barcha davlatlar hukumatlarini  tiklanuvchi energiya manbaalariga investitsiyalarni yo'naltirish,  mazkur sektorni  yanada rivojlantirish uchun amaliy instrumentlar va tavsiyalarni  ishlab chiqish hamda   aholini barqaror energiya bilan ta'minlash bo'yicha tegishli   harakatlarni amalga oshirishga  chaqiradi.

Ayni paytda, yana 36 mamlakat agentlik  a'zolari safidan joy olish uchun  tegishli tashkiliy protseduralarni boshlagan  O'zbekiston  ham ulardan biri  sanaladi  Umuman,  bugungi kunda   O'zbekiston hukumati tomonidan  2020 yilgacha Respublikaning  issiqlik-energiya balansi ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, 2030 yilgacha issiqlik-energiya balansining konsepsiyasini  shakllantirish  ham hukumat oldiga asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Belgilangan davrgacha   mamlakatning  umumiy energiya balansida tiklanuvchan energiya resurslari, xususan  gidroenergentika, quyosh va shamol  generatsiyasining  ulushini 10 foizdan 20 foizgacha,  ko'mir hissasini esa  5 dan 15 foizgacha oshirish,  shu bilan birga gaz generatsiyasi  ulushini  85 dan 65 foizga  pasaytirish nazarda tutilgan.

Ma'lumotlar ko'ra, 2030 yilgacha  O'zbekistonda energiya resurslariga talab 2013 yilga nisabatan  25,5 foizgacha oshadi va   neft ekvivalenti hamda  mamlakat yalpi ichki mahsulotining  8-8,5 foizga  o'sishi saqlanib qolingan sharoitda 43,5 mln. tonnani tashkil etadi. 2015 yilda  O'zbekistonning  Xalqaro tiklanuvchi energiya  agentligiga (IRENA)   a'zo bo'lishi bilan bog'liq protseduralar o'z nihoyasiga yetkaziladi. Shuningdek, yaqin vaqt ichida mamlakat parlamentida  “Tiklanuvchan energiya manbaalari to'g'risida”gi qonun loyihasi  ko'rib chiqiladi.  Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi  alternativ energiya resurslari bilan  bog'liq  loyihalarni amalga oshirish uchun huquqiy  asos bo'ladi.

Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, bugungi kunda dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlari    Xalqaro tiklanuvchi energiya  agentligi a'zosi sanaladi.  Agentlik ushbu davlatlarning energetik salohiyatini  oshirish, tiklanuvchan energiya manbaalari va texnologiyalarni  rivojlantirishga ko'maklashib kelmoqda. 

IRENA  o'z faoliyatini barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida tiklanuvchi energiya  resurslarining barcha turlarini  ommalashtirishga, xususan bioenergiya, gidroenergiya, quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni  kengaytirish, energetik  xavfsizlikni kuchaytirishga qaratgan. Agentlik shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tajriba almashish  uchun ham  asosiy platforma sanaladi. 

Shuni ta'kidlash kerakki, IRENA barcha davlatlar hukumatlarini  tiklanuvchi energiya manbaalariga investitsiyalarni yo'naltirish,  mazkur sektorni  yanada rivojlantirish uchun amaliy instrumentlar va tavsiyalarni  ishlab chiqish hamda   aholini barqaror energiya bilan ta'minlash bo'yicha tegishli   harakatlarni amalga oshirishga  chaqiradi.

Ayni paytda, yana 36 mamlakat agentlik  a'zolari safidan joy olish uchun  tegishli tashkiliy protseduralarni boshlagan  O'zbekiston  ham ulardan biri  sanaladi  Umuman,  bugungi kunda   O'zbekiston hukumati tomonidan  2020 yilgacha Respublikaning  issiqlik-energiya balansi ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, 2030 yilgacha issiqlik-energiya balansining konsepsiyasini  shakllantirish  ham hukumat oldiga asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Belgilangan davrgacha   mamlakatning  umumiy energiya balansida tiklanuvchan energiya resurslari, xususan  gidroenergentika, quyosh va shamol  generatsiyasining  ulushini 10 foizdan 20 foizgacha,  ko'mir hissasini esa  5 dan 15 foizgacha oshirish,  shu bilan birga gaz generatsiyasi  ulushini  85 dan 65 foizga  pasaytirish nazarda tutilgan.

Ma'lumotlar ko'ra, 2030 yilgacha  O'zbekistonda energiya resurslariga talab 2013 yilga nisabatan  25,5 foizgacha oshadi va   neft ekvivalenti hamda  mamlakat yalpi ichki mahsulotining  8-8,5 foizga  o'sishi saqlanib qolingan sharoitda 43,5 mln. tonnani tashkil etadi. 

 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU