O‘zbekiston Milliy banki Olmaliq shahrida yangi bank xizmatlari markazlarini ochmoqda
O‘zbekiston Milliy banki Olmaliq shahrida yangi bank xizmatlari markazlarini ochmoqda
O‘zbekiston Milliy banki aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda ularning qulayligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu maqsadda, Olmaliq shahrida yangi bank xizmatlari markazlari ochilmoqda, bu esa hududning moliyaviy infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Yangi markazlar nafaqat jismoniy shaxslar, balki korporativ mijozlarga ham xizmat ko‘rsatadi. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida markazlar dam olish kunlarisiz, soat 9:00 dan 17:00 gacha xizmat ko’rsatadi. Markazlardan biri shahaining markaziy qismida, "Oydin" bozori hududida joylashgan.
Bank amaliyotlarining qulayligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi: shaharda 50 ta zamonaviy bankomat o‘rnatish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Milliy banki barcha mijozlarga qulay bo’lgan bank xizmatlari shuningdek kredit mahsulotlarini qulay shartlarda taqdim etadi. Ish haqi loyihasida ishtirokchilari uchun maxsus kredit takliflari mavjud.
Shaharning eng yirik korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O‘zbekiston Milliy bankining asosiy korporativ mijozlaridan biri hisoblanadi. Bankning ish haqi loyihasi doirasida kombinat xodimlari uchun maxsus takliflar, jumladan, kredit mahsulotlari bo‘yicha imtiyozli shartlar taqdim etiladi.
Bank xizmatlari markazlari manzillari:
“Zarhal” ofisi Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, Sharof Rashidov ko‘chasi 38-uy
“Oydin” ofisi Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, Toshkent MFY, Ehtirom ko‘chasi, 8-uy
“Olmaliq” ofisi Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, A.Temur k., 31B-uy