O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi
O'zbekiston Milliy banki mamlakatimizdagi eng yirik moliya muassasalaridan biri bo’lib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini doimiy ravishda oshirib kelmoqda. Xizmatlarning qulayligi va ommabopligini ta’minlash maqsadida bank yangi ish jadvalini joriy etdi: endi O‘zbekiston bo‘ylab bir qator bo‘limlar dam olish kunlari ham soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.
Bu ish kunlari bankka tashrif buyurishga ulgurmaydigan mijozlar uchun qulay yechimdir. Dam olish kunlari bank bo‘limlarining ishlashi mijozlarga moliyaviy masalalarni o‘zlariga qulay vaqtda hal qilish imkonini beradi.
Dam olish kunlari bankda quyidagi xizmatlardan foydalanish mumkin:
Valyuta ayirboshlash;
Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish (Munis tizimi orqali);
Plastik kartalardan naqd pul yechish va to‘ldirib berish;
Xalqaro pul o‘tkazmalari (kelgan mablag‘larni yechib olish va mablag‘ yuborish);
Chiqarilgan plastik kartalarni tarqatish.
Milliy mobil ilovasi orqali amalga oshiriladigan amaliyotlar:
Milliy ilovasini o‘rnatish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
Push-xabarnomalarni yoqish (SMS/Telegram bot o‘rniga);
Onlayn omonat ochish va boshqarish;
Onlayn mikroqarz olish uchun ariza yuborish;
Pul o‘tkazmalari (kartadan kartaga, banklararo va xalqaro o‘tkazmalar) va barcha to‘lovlarni amalga oshirish;
PIN-kodni o‘rnatish va almashtirish;
Kartani bloklash va blokdan chiqarish, tranzaksiyalarga cheklov qo‘yish (naqd pul olish, onlayn xaridlar va boshqalar).
Yuridik mijozlar uchun milliy valyutada to‘lovlarni amalga oshirish.
Bank 24/7 rejimida quyidagi xizmatlarni onlayn ko‘rsatadi:
Xususiy mijozlar uchun (Milliy ilovasi orqali);
Yuridik shaxslar uchun (iBank orqali).
O‘zbekiston Milliy banki — doimo siz bilan birga!
Batafsil ma’lumot quyidagi havola orqali https://nbu.uz/bank-haqida/bank-tarmogi