Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O'zbekiston iqtisodiyotiga 1,5 mlrd. AQSH dollarid...

O'zbekiston iqtisodiyotiga 1,5 mlrd. AQSH dollaridan ziyod investitsiyalar jalb qilindi

27.02.2014
UzReport 27.02.2014

     Avval xabar berganimizdek Toshkentda O'zbek-Koreya biznes forumi o'tkazildi. Uning ochilish ma'rosimida  so'z olgan O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o'rinbosari Shavkat To'laganovning ta'kidlashicha,  bugungi kunda Koreya  O'zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biridir. O'zaro aloqalar avtomobilsozlik, kimyo, neft va gaz, tekstil, oziq-ovqat, axborot texnologiyalari kabi  ko'plab sohalarni qamrab olgan.
     -Koreys hamkorlarimiz bilan  amalga oshirayotgan muvaffaqiyatli  loyihalardan biri bu – Navoiyda tashkil etilgan multimodal logistika markazidir. Unga ko'ra,   “Korean Air”  kompaniyasi bilan hamkorlikda   ushbu logistika  markazi orqali  yiliga yuz ming tonna yuk tashilmoqda.   Bu boradagi  hamkorlikni davom ettirish maqsadida  2013 yil dekabr oyida  “Korean Air” bilan tuzilgan shartnoma yana uzaytirildi. Unga ko'ra,  yuk tashish hajmi 300 ming tonnaga yetkaziladi.
     Forumda berilgan ma'lumotlarga ko'ra,  hozirgi vaqtda O'zbekiston  va Koreya  o'rtasida 200 dan ortiq bitimlar imzolangan. So'nggi 15 yil davomida Davlat investitsiya dasturi doirasida 1,5 milliard AQSH dollaridan ziyod koreys investitsiyalari o'zlashtirildi. Bugungi kunda O'zbekistonda 418 ta o'zbek-koreys qo'shma korxonasi, shu jumladan,  yuz foizli koreys sarmoyasiga  asoslangan 68 ta   korxona faoliyat yuritmoqda.  Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida  78 ta Koreya kompaniyasi  vakolatxonasi akkreditatsiya qilingan.
     Biznes forumda  eksport operatsiyalari hajmini oshirish, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Koreya bozorida  ilgari surish, bu borada xususiy biznes imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga doir  ko'plab masalalar muhokama qilindi.  Shu nuqtai-nazardan mazkur forum ikki davlat o'rtasida  iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi, savdo-sotiq aloqalarining  kengayishiga xizmat qiladi
 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU