Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank": Yangilangan filial va yangi imkon...

"O‘zmilliybank": Yangilangan filial va yangi imkoniyatlar

22.09.2020

Mamalakatimiz mustaqilligining 29 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Aksiyadorlik jamiyatining tashkil topganiga 29 yil to‘lishi munosabati bilan kuni kecha, O‘zmilliybank Toshkent viloyati filiali Yangiyul filialining ma'muriy binosi ta'mirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi.

“O‘zmilliybank” Yangiyo‘l filiali 1998 yil 3 iyulda tashkil topgan bo‘lib, shu kunga qadar Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shaxar xududida faoliyat yuritib kelgan. Mazkur filial Toshkent viloyatining 5 ta tumanlariga (Kuyichirchik Chinoz Zangiota Toshkent va Yangiyul) xizmat ko‘rsatibkelayotgan bo‘lsa, Zangiota tumanida esa 1 ta minibank aholiga sifatli bank xizmatlarini taqdim etmoqda.

Mazkur filial tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan Chinoz tumanida fermer xo‘jaligi qoshida xar birida ming boshdan ortiq naslli qoramol boquvchi chorvachilik fermalari, Yangiyo‘l tumanida yirik sig‘imli zamonaviy muzlatgichlar, savdo va maishiy xizmat kursatish markazlari, umumiy ovkatlanish maskanlari tashkil topdi. Umumiy ma'noda oxirgi uch yilda tumanda 20 dan oshiq yirik ishlab chiqarish loyihalari moliyalashtirildi.

Bank filiali loyihalarni moliyalashtirishda faqatgina Yangiyo‘l tumani bilan cheklanib qolmay ko‘shni tumanlar ya'ni Kuyichirchiq tumanida ishlab chikarish korxonasi, Zangiota tumanida chorvachilik xo‘jaligi, Chinoz tumanida esa savdo va maishiy xizmat kursatish loyihalarini moliyalashtirilgan.

“O‘zmilliybank” Toshkent viloyati filiali Yangiyo‘l filiali tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar natijasida tumanda 1500 dan ortiq fuqaro bandligi ta'minlangan.

Filialda jami 1500 ta mijozlarga xizmat ko‘rsatiladi. Shundan 800ta jismoniy shaxslar va 700 ta yuridik shaxslar. Jismoniy shaxslarning jami depozit qo‘yilmalari 70 035,00 mlrd.so‘mni tashkil etadi. To‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida bank binosida 2 ta bankomat, 1 ta infokioska, 294 ta savdo terminallar dislokatsiya qilingan.

Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida Yangiyo‘l shaxar xududida 1 ta valyuta ayirboshlash shohobchasi va 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi 3 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shohobchasi xamda Chinoz tumani Yallama bojxona postida 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi valyuta ayirboshlash shohobchasi shaxar va tuman fuqarolariga hamda tashrif buyurgan mehmonlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Bankning filialida zamonaviy innovasion bank xizmatlari ko‘rsatilishiga alohida ahamiyat qaratilgan. Bank mijozlarining 70 foizi masofadan boshqariladigan bank xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Bunda hisobraqamlarda bank aylanmalarini amalga oshirish, on-layn kredit rasmiylashtirish yoki kredit qarzdorligini qoplash, xalqaro va milliy plastik kartochkalarda xar qandan bank amaliyotlari hamda to‘lovlarni amalga oshirish, omonat rasmiylashtirish amaliyotlari, xorijiy valyutalarda konversion amaliyotlar, pul o‘tkazmalari kabi bank xizmatlaridan masofadan foydalanish mumkin.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU