Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O‘zmilliybank tomonidan navbatdagi “bank xizmatlar...

O‘zmilliybank tomonidan navbatdagi “bank xizmatlari markazi” ochildi

05.06.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2020 yillarda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan O‘zmilliybank tomonidan qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Hususan, respublikamizning aholiga qulay bo‘lgan hududlarida ixcham bank xizmatlari markazlari tashkil etilmoqda. Yangidan tashkil etilgan bank xizmatlari markazlari hodimlari tomonidan mijozlar va aholiga barcha turdagi bank xizmatlarini, shu jumladan, kreditlar ajratish, hisob raqamlarga xizmat ko‘rsatish, yuridik shaxslarga “i-Bank” dasturi va jismoniy shaxslarga “Milliy” mobil ilovasi orqali masofadan turib to‘lovlarni amalga oshirish, kredit mablag‘larini so‘ndirish, omonatlar ochish, “online” konvertasiya qilish amaliyotlarini sifatli ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

Shunday markazlarning navbatdagisi Toshkent shahri Shayhontoxur tumani A.Navoiy ko‘chasi 27-uy (1-qavatida) manzilida ilg‘or banklar andozasi asosida tashkil qilinib, ishga tushirildi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU