“O`zmilliybank” AJ xodimlari umumxalq hasharida qatnashdi
Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma'naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e'zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.
Joriy yilning 18-mart kuni “O`zmilliybank” AJ xodimlari ekologik madaniyatini yuksaltirish, Bankka tutash hududda ozodalikni ta’minlash, atrof-muhitni asrab-avaylash va Navro‘z bayramini munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida umumxalq hasharida ishtirok etdi.
Tadbir davomida Bank hududini ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarning qurigan shoxlarini kesish, daraxt tanasi va bordyurlarini oqlash ishlari olib borildi.
Tadbir ishtirokchilarining birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli Bank hududi o'zgardi va bahorning yorqin ranglariga to'ldi.